https://oz.sputniknews.uz/20260209/hungary-kompaniyalar-aes-neft-gaz-muzokara-55565872.html
Vengriya kompaniyalari rahbarlari bilan AES va neft-gaz sohasida muzokaralar o‘tkazildi
Vengriya kompaniyalari rahbarlari bilan AES va neft-gaz sohasida muzokaralar o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston diplomatlari Vengriyaning MVM va MOL kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi. AESda quruq sovitish texnologiyasi va neft-gaz sohasida investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
2026-02-09T13:18+0500
2026-02-09T13:18+0500
2026-02-09T13:32+0500
iqtisod
energetika
o‘zbekneftgaz
hamkorlik
investitsiya
neft
gaz
vengriya
jamiyat
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0a/27959264_0:0:3151:1773_1920x0_80_0_0_6105679f63975aa5187f9b79bd4c3ff9.jpg
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Vengriyaning yetakchi energetika kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.Xususan, MVM EGI Zrt bosh direktori Peter Karpati bilan uchrashuvda O‘zbekistonda qurilayotgan AESda quruq sovitish texnologiyasini joriy etish loyihasining amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Tomonlar loyihani amaliy bosqichga o‘tkazish uchun uch tomonlama bitimni tezlashtirish muhimligini ta’kidladi.Shuningdek, diplomatlar MOL Group rahbariyati bilan neft-gaz sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.Kelishuvlarga ko‘ra, joriy yil fevral oyida O‘zbekneftgaz tomonidan “MOL Group” uchun istiqbolli bloklar ro‘yxati taqdim etiladi. 2026-yil mart oyida esa kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251204/sirdaryo-yirik-rejalar-53946475.html
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0a/27959264_123:0:2854:2048_1920x0_80_0_0_a06383dec7c45bfb88af3c5ad0e41ce9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vengriya, mvm, mol group, aes, quruq sovitish, o‘zbekneftgaz, investitsiya, neft-gaz, energetika, o‘zbekiston
vengriya, mvm, mol group, aes, quruq sovitish, o‘zbekneftgaz, investitsiya, neft-gaz, energetika, o‘zbekiston
Vengriya kompaniyalari rahbarlari bilan AES va neft-gaz sohasida muzokaralar o‘tkazildi
13:18 09.02.2026 (yangilandi: 13:32 09.02.2026) O‘zbekiston va Vengriya energetika kompaniyalari o‘rtasida AES texnologiyalari va neft-gaz sohasidagi loyihalar bo‘yicha amaliy hamkorlikni boshlash masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Vengriyaning yetakchi energetika kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi
xabar berdi.
Xususan, MVM EGI Zrt bosh direktori Peter Karpati bilan uchrashuvda O‘zbekistonda qurilayotgan AESda quruq sovitish texnologiyasini joriy etish loyihasining amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Tomonlar loyihani amaliy bosqichga o‘tkazish uchun uch tomonlama bitimni tezlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida kompaniya rahbari “MVM” guruhi O‘zbekiston bozoriga kirish va uzoq muddatli strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Shuningdek, diplomatlar MOL Group rahbariyati bilan neft-gaz sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Kelishuvlarga ko‘ra, joriy yil fevral oyida O‘zbekneftgaz tomonidan “MOL Group” uchun istiqbolli bloklar ro‘yxati taqdim etiladi. 2026-yil mart oyida esa kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi rejalashtirilgan.