https://oz.sputniknews.uz/20260406/russia-qoshinlar-yangi-sputnik-terminallar-56739956.html
Ukraina MV maslahatchisi: Rossiya frontga yangi sputnik terminallarini ommaviy yetkazmoqda
Ukraina MV maslahatchisi: Rossiya frontga yangi sputnik terminallarini ommaviy yetkazmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina manbalariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari frontga yangi "Spirit-030" sputnik terminallarini ommaviy yetkaza boshlagan. Ixcham antennali tizim aloqani barqaror saqlash va uni aniqlashni qiyinlashtirishi mumkin
2026-04-06T16:04+0500
2026-04-06T16:04+0500
2026-04-06T16:11+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
harbiy texnika
ukraina
rossiya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/06/56739738_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_fc9e1879aed0a03fef8302f01c138d7c.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari frontga yangi "Spirit-030" sputnik aloqa terminallarini ommaviy yetkaza boshlagan. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri maslahatchisi va radiotexnologiyalar bo‘yicha mutaxassis Sergey "Flesh" Beskrestnov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurilma rossiyalik harbiylar uchun "Starlink" o‘rnini bosuvchi variant sifatida ko‘rilmoqda.Beskrestnovning aytishicha, "Spirit-030" avvalgi rus sputnik terminallaridan farqli o‘laroq, ko‘chma formatda ishlangan va maxsus geostatsionar aloqa yo‘ldoshi bilan ishlaydi. "Ukrainckaya Pravda" xabariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari bunday terminallarni 2025-yilning yozidayoq qabul qila boshlagan, 2025-yil sentabr oyida esa ular Belarus-Rossiya qo‘shma "Sprint" mashqlarida ham namoyish etilgan.Rossiyaning “Zvezda” telekanali esa harbiy xizmatchiga tayanib, “Spirit-030”ni mobil va kamroq ko‘zga tashlanadigan sputnik aloqa vositasi sifatida ta’rifladi. Uning aytishicha, qurilma tez o‘rnatiladi, signali barqaror ishlaydi, sputnik telefoniyasi va boshqa aloqa turlarini ta’minlaydi, uzatiladigan ma’lumotlar esa shifrlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260209/russiya-mudofaa-vazirlik-su-57-topshirilish-55564540.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/06/56739738_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_28379c20ebb6e79179e7fb9faea60676.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, spirit-030, sergey flesh beskrestnov, sputnik terminali, geostatsionar yo‘ldosh, starlink, front aloqasi, 30 sm antenna, dron zarbasi
rossiya, ukraina, spirit-030, sergey flesh beskrestnov, sputnik terminali, geostatsionar yo‘ldosh, starlink, front aloqasi, 30 sm antenna, dron zarbasi
Ukraina MV maslahatchisi: Rossiya frontga yangi sputnik terminallarini ommaviy yetkazmoqda
16:04 06.04.2026 (yangilandi: 16:11 06.04.2026) Ukraina manbalariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari frontda yangi “Spirit-030” sputnik aloqa terminallaridan foydalanmoqda, uning ixcham antennasi esa aniqlashni qiyinlashtiradi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari frontga yangi "Spirit-030" sputnik aloqa terminallarini ommaviy yetkaza boshlagan. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri maslahatchisi va radiotexnologiyalar bo‘yicha mutaxassis Sergey "Flesh" Beskrestnov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurilma rossiyalik harbiylar uchun "Starlink" o‘rnini bosuvchi variant sifatida ko‘rilmoqda.
Beskrestnovning aytishicha, "Spirit-030" avvalgi rus sputnik terminallaridan farqli o‘laroq, ko‘chma formatda ishlangan va maxsus geostatsionar aloqa yo‘ldoshi bilan ishlaydi.
Shu sababli unda diametri 90 santimetrlik emas, balki 30 santimetrlik antenna qo‘llanadi. Bu esa qurilmani front sharoitida tashishni yengillashtiradi va uni aniqlashni qiyinlashtirishi mumkin.
"Ukrainckaya Pravda" xabariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari bunday terminallarni 2025-yilning yozidayoq qabul qila boshlagan, 2025-yil sentabr oyida esa ular Belarus-Rossiya qo‘shma "Sprint" mashqlarida ham namoyish etilgan.
Rossiyaning “Zvezda” telekanali esa harbiy xizmatchiga tayanib, “Spirit-030”ni mobil va kamroq ko‘zga tashlanadigan sputnik aloqa vositasi sifatida ta’rifladi. Uning aytishicha, qurilma tez o‘rnatiladi, signali barqaror ishlaydi, sputnik telefoniyasi va boshqa aloqa turlarini ta’minlaydi, uzatiladigan ma’lumotlar esa shifrlangan.