Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya TIV brifingi: Patriot, dron hujumlari va Ukraina bo‘yicha bayonotlar

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRossiyskie flagi, ustanovlennie v Moskve ko Dnyu gosudarstvennogo flaga Rossii
Rossiyskie flagi, ustanovlennie v Moskve ko Dnyu gosudarstvennogo flaga Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV Kiyevning Patriot raketalarini ishlab chiqarish litsenziyasini olish urinishi amaliy natija bermaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Kiyevning Patriot tizimlari uchun raketalarni Ukrainada ishlab chiqarish litsenziyasini AQShdan olishga qaratilgan urinishi amaliy natija bermadi. Bu haqda Rossiya TIV Axborot va matbuot departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Fadeyev brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Patriot uchun raketalar ishlab chiqarish litsenziyasini muhokama qilgan, ammo Kiyev kutgan aniq javobni olmagan.
Fadeyev G‘arb harbiy tahlilchilari baholariga tayanib, litsenziya berilgan taqdirda ham Ukraina hududida bunday raketalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kamida besh yil ketishi mumkinligini aytdi.
Rossiya TIV vakili, shuningdek, Kiyev Rossiyaning tinch aholisi va fuqarolik obyektlariga hujumlarda asosan dronlardan foydalanayotganini bildirdi. U dronlarni Ukrainaga yetkazib berayotgan G‘arb davlatlarini bunday hujumlarga ko‘maklashishda aybladi.
Qayd etilishicha, Rossiya huquq-tartibot idoralari Ukraina rasmiylari, harbiy qo‘mondonlari, qurolli tuzilmalari a’zolari va yollanma askarlarni javobgarlikka tortish uchun dalillar to‘plashda davom etmoqda.
Fadeyevning ta’kidlashicha, Ukraina G‘arb davlatlari uchun harbiy texnologiyalarni ukrainaliklarning hayoti evaziga sinovdan o‘tkazish maydoniga aylangan.
U Yevropa Ittifoqining Kiyevga navbatdagi moliyaviy yordami ham vaziyatni o‘zgartirmasligini bildirdi. Fadeyev bu fikrini G‘arb yordamini o‘zlashtirish ko‘lami va Rossiya qo‘shinlarining frontda oldinga siljishi bilan izohladi.
"Bu faqat G‘arbning Rossiyaga qarshi geosiyosiy kurashida qurolga aylangan ukrainaliklarning azob-uqubatlarini uzaytiradi", — dedi Rossiya TIV vakili.
Shuningdek Fadeyev Moskva Kiyevdan diplomatik aloqalarni tiklash bo‘yicha hech qanday taklif olmaganini ma’lum qildi.
Vstrecha Vladimira Putina s deputatami Gosudarstvennoy Dumi vosmogo soziva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiyani hech kim sindira olmaydi — Putinning deputatlar bilan uchrashuvidagi bayonotlari
Yangiliklar lentasi
0