Prezident energetikadagi avariya va yo‘qotishlarni tanqid qildi — ikki rahbar ishdan olindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie po prioritetnim zadacham v toplivno-energeticheskoy otrasli
Videoselektornoe soveshanie po prioritetnim zadacham v toplivno-energeticheskoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2026
Obuna bo‘lish
Iyun–iyul oylarining o‘zida tarmoqlarda 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgan, bu tadbirkorlarga zarar keltirgan.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida avariyalar, yuqori yo‘qotishlar va nazoratsizlikni keskin tanqid qildi.
Iyun–iyul oylarining o‘zida tarmoqlarda 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektrsiz qolgan. O‘tgan olti oyda 4,8 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan, tarmoqdagi umumiy yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etgan. Ayrim tumanlarda bu ko‘rsatkich 25 foizdan oshgan.
ASKUE va ASKUG tizimlari joriy qilinganiga qaramay, 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagich ma’lumot uzatmayapti. Bu qarzdorlikning o‘sishi va hisob-kitoblardagi tafovutlarga sabab bo‘lmoqda.
Muammolar Yangiyo‘l tumani misolida ham ko‘rsatildi. Besh yilda elektr iste’moli 1,5 karra oshgan, ammo atigi 60 ta transformator va 240 kilometr tarmoq yangilangan. Yil boshidan 37 ta avariya qayd etilib, 30 mln kilovatt-soat elektr yo‘qotilgan. Debitor qarzdorlik 43 mlrd so‘mga yetgan, shundan 9,4 mlrd so‘mi noreal qarzdorlikdir.
Tumanda 829 ta hisoblagich ASKUEga mos emas, yana 2 mingtasi ma’lumot yubormaydi. Soliqqa “nol” hisobot topshirgan 48 ta korxona esa yarim yilda 871 ming kilovatt-soat elektr ishlatgan. Gaz bo‘yicha 5 mingdan ortiq hisoblagich ma’lumot uzatmayotgani sabab qarzdorlik 188 mlrd so‘mga chiqqan.
Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani ham tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 mln dollar qo‘shimcha xarajat talab etilmoqda.
Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani sabab qo‘shimcha xarajatlar yuzaga kelishi mumkinligi qayd etilib, mas’ullarga uni qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Kamchiliklar uchun energetika vaziri va “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi. “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati berildi.
Sherzod Xodjayev energetika vaziri, Sardor Isaqulov “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari, Ahad Isoqjonov esa Energiya inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2026
Mirziyoyev yoqilg‘i-energetikadagi tizimli muammolarni kuz-qish mavsumigacha hal etishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0