https://oz.sputniknews.uz/20260514/kosmos-uzbekistan-rejalar-57561139.html
Kosmik kongress, birinchi fazogir va iqtisodiy samara: “O‘zbekkosmos” rejalari ochiqlandi
Kosmik kongress, birinchi fazogir va iqtisodiy samara: “O‘zbekkosmos” rejalari ochiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qiladi. Tadbirga dunyoning turli davlatlaridan 10 mingdan ortiq kishi, jumladan NASA, Yevropa kosmik agentligi va JAXA vakillari kelishi kutilmoqda.
2026-05-14T14:01+0500
2026-05-14T14:01+0500
2026-05-14T14:01+0500
kosmos
o‘zbekkosmos
matbuot-anjuman
nasa (aqsh aeronavtika va kosmikni o‘rganish milliy idorasi)
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57550826_0:0:3639:2047_1920x0_80_0_0_9f87014affd5f307b85347436d03be32.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. 2028-yilda respublika Xalqaro astronavtika kongressiga (IAC) mezbonlik qiladi. Unga dunyoning turli burchaklaridan 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. Tadbirda NASA, Yevropa kosmik agentligi, JAXA va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.Sputnik O‘zbekiston muxbirining xabar berishicha, “O‘zbekkosmos” agentligi respublikaning mazkur sohadagi yaqin kelajakdagi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi.Tadbirning asosiy mavzulari milliy parvozga tayyorgarlik ko‘rish, yerdagi muammolarni hal etish uchun kosmik monitoringdan foydalanish va Samarqandda yirik tarmoq forumini o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.2028 yilda O‘zbekiston Xalqaro astronavtika kongressiga (IAC) mezbonlik qiladi. Bu shunchaki anjuman emas, balki Toshkent o‘tkazish huquqi uchun Hindiston va Xitoy kabi davlatlar bilan kurashgan nufuzli tadbirdir. “O‘zbekkosmos” agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov bu qadamning muhimligini alohida ta’kidladi.Ko‘pchilikni birinchi o‘zbek fazogirini kosmosga yuborishga tayyorgarlik tafsilotlari qiziqtirdi. Muhiddin Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, parvoz 2028-yilning oktabr oyigacha amalga oshirilishi lozim.Ibrohimov so‘zlariga ko‘ra, gap 10–14 kunlik qisqa muddatli missiya haqida ketmoqda. Hozirda hukumat bir vaqtning o‘zida bir nechta tomon – AQSh, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar olib bormoqda. Nomzod salomatligi, yoshi va ruhiy barqarorligi bo‘yicha qat’iy saralovdan, so‘ngra to‘qqiz oygacha davom etadigan tayyorgarlikdan o‘tishi kerak bo‘ladi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lajak kosmonavt 27 yoshdan 40 yoshgacha, bo‘yi 190 santimetrdan baland bo‘lmagan va vazni 90 kilogrammgacha bo‘lishi lozim.O‘zbekiston uchun kosmos – bu avvalo iqtisodiy vositadir. Spikerlar aniq raqamlarni keltirishdi: sun’iy yo‘ldosh monitoringi tufayli dalalarda somon yoqish holatlari 94 foizga kamaygan. Shuningdek, kosmik texnologiyalar qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni nazorat qilishga hamda noqonuniy qurilishlarni poydevor bosqichidayoq aniqlashga yordam beradi, bu esa budjet mablag‘larini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.Matbuot anjumaniga NASA astronavti, kosmosga uch marta uchgan va to‘qqiz marta ochiq kosmosga chiqqan Endryu Jey Fyustel ham tashrif buyurdi.Uchrashuv so‘ngida Endryu Jey Fyustel shaxsiy kuzatuvi bilan o‘rtoqlashdi: XKSda o‘tkazgan 197 kun davomida vaqt sekinlashgani sababli u 6 millisekundga yoshargan — umrini yulduzlarga bag‘ishlashga qaror qilganlar uchun yoqimli bir bonus.
https://oz.sputniknews.uz/20260319/uzbekistan-suniy-yoldosh-56396370.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57550826_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_614532b7f22639e6f30fcd454fe65641.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kosmos, o‘zbekkosmos, matbuot-anjuman, nasa (aqsh aeronavtika va kosmikni o‘rganish milliy idorasi), jamiyat
kosmos, o‘zbekkosmos, matbuot-anjuman, nasa (aqsh aeronavtika va kosmikni o‘rganish milliy idorasi), jamiyat
Kosmik kongress, birinchi fazogir va iqtisodiy samara: “O‘zbekkosmos” rejalari ochiqlandi
O‘zbek fazogirining parvozi 2028-yilning oktabr oyigacha amalga oshirilishi lozim.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. 2028 yilda respublika Xalqaro astronavtika kongressiga (IAC) mezbonlik qiladi. Unga dunyoning turli burchaklaridan 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. Tadbirda NASA, Yevropa kosmik agentligi, JAXA va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.
Sputnik O‘zbekiston muxbirining xabar berishicha, “O‘zbekkosmos” agentligi respublikaning mazkur sohadagi yaqin kelajakdagi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi.
Tadbirning asosiy mavzulari milliy parvozga tayyorgarlik ko‘rish, yerdagi muammolarni hal etish uchun kosmik monitoringdan foydalanish va Samarqandda yirik tarmoq forumini o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
2028 yilda O‘zbekiston Xalqaro astronavtika kongressiga (IAC) mezbonlik qiladi. Bu shunchaki anjuman emas, balki Toshkent o‘tkazish huquqi uchun Hindiston va Xitoy kabi davlatlar bilan kurashgan nufuzli tadbirdir. “O‘zbekkosmos” agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov bu qadamning muhimligini alohida ta’kidladi.
“Biz butun dunyodan 10 mingdan ortiq kishining kelishini kutapmiz. Tadbirda NASA, Yevropa kosmik agentligi, JAXA va boshqa tuzilmalar qatnashadi. Bu biz uchun ulkan imkoniyat, chunki Markaziy Osiyoda hali bunday miqyosdagi tadbirlar bo‘lmagan”, — dedi Ibrohimov.
Ko‘pchilikni birinchi o‘zbek fazogirini kosmosga yuborishga tayyorgarlik tafsilotlari qiziqtirdi. Muhiddin Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, parvoz 2028-yilning oktabr oyigacha amalga oshirilishi lozim.
“Istagimiz – fazogir 2028-yil oktabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Kongress boshlanguniga qadar parvozni amalga oshirib, eson-omon qaytishi. Rejamiz shunday”, – dedi u.
Ibrohimov so‘zlariga ko‘ra, gap 10–14 kunlik qisqa muddatli missiya haqida ketmoqda. Hozirda hukumat bir vaqtning o‘zida bir nechta tomon – AQSh, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar olib bormoqda. Nomzod salomatligi, yoshi va ruhiy barqarorligi bo‘yicha qat’iy saralovdan, so‘ngra to‘qqiz oygacha davom etadigan tayyorgarlikdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lajak kosmonavt 27 yoshdan 40 yoshgacha, bo‘yi 190 santimetrdan baland bo‘lmagan va vazni 90 kilogrammgacha bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston uchun kosmos – bu avvalo iqtisodiy vositadir. Spikerlar aniq raqamlarni keltirishdi: sun’iy yo‘ldosh monitoringi tufayli dalalarda somon yoqish holatlari 94 foizga kamaygan.
Shuningdek, kosmik texnologiyalar qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni nazorat qilishga hamda noqonuniy qurilishlarni poydevor bosqichidayoq aniqlashga yordam beradi, bu esa budjet mablag‘larini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
Matbuot anjumaniga NASA astronavti, kosmosga uch marta uchgan va to‘qqiz marta ochiq kosmosga chiqqan Endryu Jey Fyustel ham tashrif buyurdi.
“Yerni kosmosdan ilk bor ko‘rgan lahzam hamon yodimda. Bu so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan ajoyib tajriba edi”, — dedi astronavt.
Uchrashuv so‘ngida Endryu Jey Fyustel shaxsiy kuzatuvi bilan o‘rtoqlashdi: XKSda o‘tkazgan 197 kun davomida vaqt sekinlashgani sababli u 6 millisekundga yoshargan — umrini yulduzlarga bag‘ishlashga qaror qilganlar uchun yoqimli bir bonus.