Prezident Belarusda ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik loyihalarini tezlashtirishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s prezentatsiyey po dogovorennostam dostignutix v xode vizita v Belarus
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po dogovorennostam dostignutix v xode vizita v Belarus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Obuna bo‘lish
Prezidentga Belarus bilan 2 milliard dollarlik 310 ta loyiha, o‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish va yangi logistika yo‘nalishlarini ochish rejalari taqdim etildi
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarusga rasmiy tashrif davomida hududlararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosiga doir taqdimot bilan tanishdi.
Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 8–9 iyul kunlari o‘tkazilgan tashrif chog‘ida umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan 310 ta loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Belarusda qo‘shma loyihalarni joylashtirish uchun sanoat obyektlari, davlat mulki va qishloq xo‘jaligi yerlari taklif etilmoqda. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi maydonlari 8 million gektarni yoki umumiy hududning 40 foizini tashkil etadi.
Davlat rahbari Belarusda ishlash yoki biznes yuritish istagidagi fuqarolar va tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirishni topshirdi. Ularning borishidan oldin ish joyi, yashash sharoiti, shuningdek, loyihalar uchun zarur bino va yer masalalarini Belarus tomoni bilan kelishish zarurligi ta’kidlandi.
Andijon va Vitebsk hamkorligi
Andijon va Vitebsk viloyatlari o‘rtasida tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” doirasida dastlabki loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Jumladan:
— 255 nafar andijonlikning Vitebskka tashkiliy asosda borishi va ish bilan ta’minlanishi tashkil etildi;
— 11 ta chorvachilik majmuasi negizida yangi loyihalarni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi;
— majmualarning har birida 200 boshdan 3 ming boshgacha qoramol parvarishlash imkoniyati mavjud;
— “Andijon invest” ishtirokida yirik chorvachilik kompleksi va sanatoriy majmuasi negizida investitsiya hamda ijtimoiy loyihalar tayyorlanmoqda.
Vitebsk va Belarusning boshqa viloyatlarida chorvachilik, yog‘ochni qayta ishlash, logistika, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 30 ta yangi loyiha paketi shakllantirildi.
Vitebsk viloyatida quyidagilarni tashkil etish rejalashtirilgan:
— 3 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan yirik sutchilik majmuasi;
— bir nechta o‘rta hajmdagi chorvachilik xo‘jaligi;
— yog‘ochni chuqur qayta ishlash va chiqindilardan pellet ishlab chiqarish korxonasi.
Hamkorlik boshqa viloyatlarga ham kengaytiriladi
Prezident Andijon va Vitebsk o‘rtasidagi hamkorlik modelini boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari Belarusning Vitebsk, Mogilov, Grodno, Gomel va Brest viloyatlari bilan hamkorlik qiladi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha sanoat va agrar obyektlar negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan alohida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.
Shuningdek, O‘zbekistonning har bir hududidan 30 nafardan yetakchi tadbirkorni Belarusga olib borib, mahalliy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni boshlash vazifasi qo‘yildi.
Orshada logistika markazi ochiladi
O‘zaro savdoni oshirish va yuk tashish xarajatlarini kamaytirish uchun yangi logistika infratuzilmasi yaratiladi.
Yil yakuniga qadar “Belarus temir yo‘llari” bilan hamkorlikda Vitebsk viloyatidagi Orsha stansiyasida intermodal logistika markazini ishga tushirish belgilandi.
Markaz eksport-import yuklariga maqbul tariflar asosida xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
5 ming andijonlik ish bilan ta’minlanadi
Fuqarolarni Belarusda tashkiliy tartibda ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Birinchi bosqichda Vitebsk va boshqa hududlardagi 13 ta korxonaga 1 ming 100 nafar O‘zbekiston fuqarosini tanlov asosida ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
Sentabr oyidan boshlab har oyda 500 nafardan, jami 5 ming nafar andijonlikni Vitebsk viloyatida doimiy ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun Vitebsk shahrida O‘zbekiston Migratsiya agentligining vakolatxonasi ochiladi.
Tadbirkorlarga Belarusda bank hisobvarag‘i ochish, ustav fondiga mablag‘ o‘tkazish va loyihalar uchun moliyaviy resurslar jalb qilishda ko‘maklashiladi.
Vitebskda zamonaviy sutchilik majmuasi, yog‘ochni qayta ishlash zavodi va logistika kompaniyasini tashkil etish uchun mablag‘larni qulay shartlarda ajratish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
Proizvodstvo molochnoy produksii v Patigorske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Belarusda mahsulot yetishtirib, uni O‘zbekistonga eksport qiladi
Yangiliklar lentasi
0