https://oz.sputniknews.uz/20260804/uzbekistan-tatarstan-afghanistan-bozor-59475310.html
O‘zbekiston Tataristonni Afg‘oniston bozoriga birgalikda chiqishga taklif qildi
O‘zbekiston Tataristonni Afg‘oniston bozoriga birgalikda chiqishga taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qozondagi biznes-missiya doirasida O‘zbekiston va Tatarstan vakillari agrosanoat, mahsulotlarni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati va logistikada qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Forumda 200 ga yaqin kompaniya qatnashdi.
2026-08-04T10:04+0500
2026-08-04T10:04+0500
2026-08-04T10:06+0500
rossiya
qozon
forum
hamkorlik
savdo
investitsiya
tatariston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59475144_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8b3b0cff22068fdb541086c82b8313ee.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tatariston kompaniyalariga Afg‘oniston bozoriga Termizdagi "Ayritom" savdo-logistika markazi orqali birgalikda chiqishni taklif qildi. Bu tashabbus Qozonda o‘tkazilgan "Tatariston — O‘zbekiston" biznes-forumida ilgari surildi.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Odilxon Rustamovning ta’kidlashicha, "Ayritom" Tatariston tadbirkorlariga Afg‘oniston bozoriga kirish, mahsulot yetkazib berish va savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun tayyor infratuzilma taqdim etadi.Asosiy e’tibor ishlab chiqarish kooperatsiyasi, mahsulotlarni mahalliylashtirish, eksportni kengaytirish va logistikani rivojlantirishga qaratildi.Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenkoning ma’lum qilishicha, 2026-yil yakunida O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 500 million dollardan oshishi mumkin. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 427 million dollardan oshib, bir yilda 13,5 foizga ko‘paygan.Sanoat kooperatsiyasining asosiy natijalaridan biri — O‘zbekistonda Tataririston ishtirokida tashkil etilgan ishlab chiqarish maydonchalaridir. Chirchiq va Jizzax texnoparklari faoliyat yuritmoqda. 36 gektar maydonni egallagan "Ayritom" savdo zonasi 2024-yil avgustda O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasida ochilgan. Uning hududida savdo va logistika markazlari, omborlar, bojxona obyektlari hamda ishlab chiqarish binolari mavjud. Dastlabki 13 oyda ushbu hudud orqali 187 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Afg‘oniston fuqarolari zonada 15 kungacha vizasiz bo‘lishi mumkin.Forum yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish kooperatsiyasi, mahalliylashtirish, eksport va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishilgan. Biroq imzolangan tijorat shartnomalarining ro‘yxati va umumiy qiymati hozircha ochiqlanmadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260331/surxondaryo-tatarstan-hamkorlik-56626608.html
qozon
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59475144_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d72989e9d2bf1439ed89dffc812030c0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, qozon, forum, hamkorlik, savdo, investitsiya, tatariston
rossiya, qozon, forum, hamkorlik, savdo, investitsiya, tatariston
O‘zbekiston Tataristonni Afg‘oniston bozoriga birgalikda chiqishga taklif qildi
10:04 04.08.2026 (yangilandi: 10:06 04.08.2026) O‘zbekiston delegatsiyasi Tatariston bilan agrosanoat, oziq-ovqat ishlab chiqarish va logistikadagi hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tatariston kompaniyalariga Afg‘oniston bozoriga Termizdagi "Ayritom" savdo-logistika markazi orqali birgalikda chiqishni taklif qildi. Bu tashabbus Qozonda o‘tkazilgan "Tatariston — O‘zbekiston" biznes-forumida ilgari
surildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Odilxon Rustamovning ta’kidlashicha, "Ayritom" Tatariston tadbirkorlariga Afg‘oniston bozoriga kirish, mahsulot yetkazib berish va savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun tayyor infratuzilma taqdim etadi.
Forumda O‘zbekiston va Tataristonning 200 ga yaqin kompaniyasi ishtirok etdi. Tadbir doirasida o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilinib, tadbirkorlar o‘rtasida ikki tomonlama B2B muzokaralari o‘tkazildi.
Asosiy e’tibor ishlab chiqarish kooperatsiyasi, mahsulotlarni mahalliylashtirish, eksportni kengaytirish va logistikani rivojlantirishga qaratildi.
Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenkoning ma’lum qilishicha, 2026-yil yakunida O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 500 million dollardan oshishi mumkin. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 427 million dollardan oshib, bir yilda 13,5 foizga ko‘paygan.
Sanoat kooperatsiyasining asosiy natijalaridan biri — O‘zbekistonda Tataririston ishtirokida tashkil etilgan ishlab chiqarish maydonchalaridir. Chirchiq va Jizzax texnoparklari faoliyat yuritmoqda.
Navoiyda 2026-yil aprelda birinchi ishlab chiqarish korpusi va yangi korxona ishga tushirildi, Buxoro sanoat majmuasida esa rezidentlarni joylashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
36 gektar maydonni egallagan "Ayritom" savdo zonasi 2024-yil avgustda O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasida ochilgan. Uning hududida savdo va logistika markazlari, omborlar, bojxona obyektlari hamda ishlab chiqarish binolari mavjud. Dastlabki 13 oyda ushbu hudud orqali 187 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Afg‘oniston fuqarolari zonada 15 kungacha vizasiz bo‘lishi mumkin.
Forum yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish kooperatsiyasi, mahalliylashtirish, eksport va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishilgan. Biroq imzolangan tijorat shartnomalarining ro‘yxati va umumiy qiymati hozircha ochiqlanmadi.