https://oz.sputniknews.uz/20260804/boshpanasizlar-yangi-qaror-59482804.html
Boshpanasizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Boshpanasizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
1 sentabrdan boshpanasiz shaxslarni ijtimoiy markazlarga sud qarori bilan joylashtirish bekor qilinadi. Ularga boshpana, oziq-ovqat, hujjatlarni tiklash, kasbga o‘qitish va ishga joylashishda yordam beriladi.
2026-08-04T14:43+0500
2026-08-04T14:43+0500
2026-08-04T14:43+0500
ijtimoiy himoya milliy agentligi
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonda boshpanasiz shaxslarni ijtimoiy markazlarga joylashtirishning yangi tartibi joriy etiladi. Bu Prezidentning “Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.Hujjatga ko‘ra, ichki ishlar organlari tizimidagi Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari deb qayta nomlanadi.2026 yil 1-sentabrdan boshpanasiz shaxslarni markazlarga sud qarori asosida joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Ular ijtimoiy markazlarga faqat o‘z roziligi bilan joylashtiriladi.Boshpanasiz shaxslar markazga o‘z murojaati asosida, “mahalla yettiligi”ning o‘rganish natijalariga ko‘ra yoki ijtimoiy xodim hamda profilaktika inspektori ko‘magida joylashtirilishi mumkin. Hujjatlarni tiklash, kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish choralari ham individual rejaga kiritiladi.2026 yil 1-oktabrdan markazlarga joylashtirilgan shaxslar belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etiladi. Ularni kasbga o‘qitish uchun tuman va shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari orqali vaucherlar ajratiladi.Shuningdek, markazda yashash davrida boshpanasiz shaxslar muassasa manzili bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Ularni ro‘yxatga qo‘yish va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq davlat boji “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260709/bola-urish-aliment-etimlar-senat-ozgarishlar-58927343.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijtimoiy himoya milliy agentligi, jamiyat, o‘zbekiston, yangi qonun
ijtimoiy himoya milliy agentligi, jamiyat, o‘zbekiston, yangi qonun
Boshpanasizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Boshpanasiz shaxslar markazlarga o‘z roziligi bilan joylashtirilib, boshpana, oziq-ovqat va ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonda boshpanasiz shaxslarni ijtimoiy markazlarga joylashtirishning yangi tartibi joriy etiladi. Bu Prezidentning “Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida
belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, ichki ishlar organlari tizimidagi Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari deb qayta nomlanadi.
2026 yil 1-sentabrdan boshpanasiz shaxslarni markazlarga sud qarori asosida joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Ular ijtimoiy markazlarga faqat o‘z roziligi bilan joylashtiriladi.
Markazga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi. Har bir shaxs uchun individual reja ishlab chiqilib, unga ijtimoiy, tibbiy va boshqa zarur yordamlar ko‘rsatiladi.
Boshpanasiz shaxslar markazga o‘z murojaati asosida, “mahalla yettiligi”ning o‘rganish natijalariga ko‘ra yoki ijtimoiy xodim hamda profilaktika inspektori ko‘magida joylashtirilishi mumkin. Hujjatlarni tiklash, kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish choralari ham individual rejaga kiritiladi.
2026 yil 1-oktabrdan markazlarga joylashtirilgan shaxslar belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etiladi. Ularni kasbga o‘qitish uchun tuman va shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari orqali vaucherlar ajratiladi.
Shuningdek, markazda yashash davrida boshpanasiz shaxslar muassasa manzili bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Ularni ro‘yxatga qo‘yish va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq davlat boji “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hozir O‘zbekistonda jami 726 o‘ringa mo‘ljallangan 11 ta reabilitatsiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2026-yilning birinchi yarmida ularga 1,1 ming nafar shaxs joylashtirilgan.