Bolani urganlik uchun javobgarlik, yetimlar tarbiyasi: Senat o‘zgarishlarni ma’qulladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovV Tashkentskoy oblasti otkrili innovatsionniy detsad
V Tashkentskoy oblasti otkrili innovatsionniy detsad  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Obuna bo‘lish
Senatda ko‘rib chiqilgan qonun bilan ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilgan yoki ularni tahqirlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisida bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etganlik yoki ularni tahqirlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, pedagogik faoliyat davomida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlikka oid huquqbuzarlik sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar bir yil davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullana olmasligi nazarda tutilmoqda.
Hujjatda aliment bilan bog‘liq norma ham belgilanmoqda. Unga ko‘ra, davlat yoki nodavlat muassasasining to‘liq ta’minotida bo‘lgan bola uchun ota yoki onani aliment to‘lashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga berish tartibi ham o‘zgarmoqda. Qonun bilan ularni oilaga tarbiyaga faqat qarindoshlariga berish qoidasi joriy etilmoqda.
Senatorlarning fikricha, qonun bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muassasalarida ularning qadr-qimmati va daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha huquqiy kafolatlarni mustahkamlaydi.
Sostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
"Probeg"ni yashirish, giyohvandlik moddalar va zo‘ravonlik: Senat yangi qonunlarni ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0