https://oz.sputniknews.uz/20260803/uzbekistan-bukmeker-litsenziya-59468592.html
O‘zbekistonda ikki kompaniyaga ilk bukmekerlik litsenziyalari berildi
O‘zbekistonda ikki kompaniyaga ilk bukmekerlik litsenziyalari berildi
Sputnik O‘zbekiston
ILMA ikki kompaniyaga bukmekerlik va internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun litsenziya berdi. Ochiq reyestrlarda ularning ta’sischilari, rahbarlari va ustav kapitali haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.
2026-08-03T19:02+0500
2026-08-03T19:02+0500
2026-08-03T19:02+0500
bukmekerlik
jamiyat
o‘zbekiston
internet
kompaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0d/47079783_0:99:1350:858_1920x0_80_0_0_9d730d1b63b7a05cf3e69c8d1c680c58.png
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mamlakatdagi ikki kompaniyaga bukmekerlik faoliyati hamda internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish uchun ilk litsenziyalarni berdi.ILMAning litsenziyalar reyestriga ko‘ra, “Olimpbet” va “Aurum Vale” MChJlarga 31-iyul kuni ikkitadan litsenziya rasmiylashtirilgan. “Olimpbet” 2021-yil iyunda Toshkentning Chilonzor tumanida ro‘yxatdan o‘tgan. Ochiq korporativ ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning ustav kapitali 63,1 milliard so‘mni tashkil etadi. Uning 50 foizi Rif Sharayevga, qolgan 50 foizi esa yana uch nafar jismoniy shaxsga tegishli.“Aurum Vale” esa 2025-yil iyulda Bektemir tumanida tashkil etilgan. Ustav kapitali 67,2 milliard so‘m. Ochiq reyestrda Abror Shermatov kompaniyaning 100 foiz ulushiga ega yagona ta’sischisi sifatida ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda internet orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga 2025-yil 1-yanvardan ruxsat berilgan. Biroq 2026-yil mart holatiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda hali birorta litsenziya berilmagan edi.Litsenziya olish uchun yuridik shaxs O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi, elektron platformasini mamlakat hududidagi serverlarga joylashtirishi va kamida 150 ming BHM miqdorida ustav kapitaliga ega bo‘lishi shart. Amalda bu 61,8 milliard so‘mni tashkil etadi.Shuningdek, O‘zbekistondagi mahalliy voqealar, siyosiy jarayonlar, bolalar va o‘smirlar musobaqalariga garov qabul qilish mumkin emas. Xalqaro darajadagi ayrim sport musobaqalari bundan mustasno.
https://oz.sputniknews.uz/20251209/bukmeker-sayt-bloklanish-54027392.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0d/47079783_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_1004705802924cc3d157747fe6be2c80.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bukmekerlik, jamiyat, o‘zbekiston, internet, kompaniya
bukmekerlik, jamiyat, o‘zbekiston, internet, kompaniya
O‘zbekistonda ikki kompaniyaga ilk bukmekerlik litsenziyalari berildi
ILMA O‘zbekistonda ikki kompaniyaga bukmekerlik va internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun ilk litsenziyalarni berdi
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mamlakatdagi ikki kompaniyaga bukmekerlik faoliyati hamda internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish uchun ilk litsenziyalarni
berdi.
ILMAning litsenziyalar reyestriga ko‘ra, “Olimpbet” va “Aurum Vale” MChJlarga 31-iyul kuni ikkitadan litsenziya rasmiylashtirilgan.
Ulardan biri bukmekerlik faoliyati, ikkinchisi internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish huquqini beradi. Litsenziyalar besh yil muddatga amal qiladi.
“Olimpbet” 2021-yil iyunda Toshkentning Chilonzor tumanida ro‘yxatdan o‘tgan. Ochiq korporativ ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning ustav kapitali 63,1 milliard so‘mni tashkil etadi. Uning 50 foizi Rif Sharayevga, qolgan 50 foizi esa yana uch nafar jismoniy shaxsga tegishli.
“Aurum Vale” esa 2025-yil iyulda Bektemir tumanida tashkil etilgan. Ustav kapitali 67,2 milliard so‘m. Ochiq reyestrda Abror Shermatov kompaniyaning 100 foiz ulushiga ega yagona ta’sischisi sifatida ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda internet orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga 2025-yil 1-yanvardan ruxsat berilgan. Biroq 2026-yil mart holatiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda hali birorta litsenziya berilmagan edi.
Litsenziya olish uchun yuridik shaxs O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi, elektron platformasini mamlakat hududidagi serverlarga joylashtirishi va kamida 150 ming BHM miqdorida ustav kapitaliga ega bo‘lishi shart. Amalda bu 61,8 milliard so‘mni tashkil etadi.
Qonunchilikka ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga yutuq mablag‘ini to‘lash, statsionar yoki ko‘chma o‘yin zallari tashkil etish taqiqlanadi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi mahalliy voqealar, siyosiy jarayonlar, bolalar va o‘smirlar musobaqalariga garov qabul qilish mumkin emas. Xalqaro darajadagi ayrim sport musobaqalari bundan mustasno.