https://oz.sputniknews.uz/20251209/bukmeker-sayt-bloklanish-54027392.html
O‘zbekistonda 70 taga yaqin bukmekerlik saytlari bloklandi — Raqobat qo‘mitasi
O‘zbekistonda 70 taga yaqin bukmekerlik saytlari bloklandi — Raqobat qo‘mitasi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 86 ta sayt aniqlandi, shundan 70 ga yaqini bloklandi. Qimor o‘yinlari reklamasi qonun bilan mutlaqo taqiqlangan.
2025-12-09T10:40+0500
2025-12-09T10:40+0500
2025-12-09T10:40+0500
o‘zbekiston
jamiyat
bukmekerlik
reklama
qonunchilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1d/24272923_0:132:2555:1569_1920x0_80_0_0_42778ff74dc891e11d39e26bd6035976.jpg
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Joriy yilda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash uchun tegishli nazorat organiga ma’lumotlar yuborilgan, shundan 70 taga yaqini belgilangan tartibda rasman bloklangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, reklama sohasidagi qonunbuzilishlarga tezkor chora ko‘rish maqsadida mas’ul tashkilotlar o‘rtasida doimiy o‘zaro hamkorlik mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib etuvchi veb-saytlarga nisbatan kirishni cheklash va bloklash choralari amalga oshirilmoqda.Shuningdek, qo‘mita "Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarning reklamasi mutlaqo taqiqlanganini eslatdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251103/kredit-firibgarlik-qurbonlar-qarz-tolamaslik-53206022.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1d/24272923_143:0:2410:1700_1920x0_80_0_0_d5d1decfbb8348ab018c6c1340db74af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, bukmekerlik saytlari, qimor o‘yinlari, reklama taqiqlari, raqobat qo‘mitasi, sayt bloklash, 46-modda, reklama qonunchiligi, veb-sayt blokirovkasi.
o‘zbekiston, bukmekerlik saytlari, qimor o‘yinlari, reklama taqiqlari, raqobat qo‘mitasi, sayt bloklash, 46-modda, reklama qonunchiligi, veb-sayt blokirovkasi.
O‘zbekistonda 70 taga yaqin bukmekerlik saytlari bloklandi — Raqobat qo‘mitasi
Bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib etuvchi veb-saytlar reklama qonunchiligi talablariga muvofiq cheklanib, ularga kirish bloklanmoqda.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Joriy yilda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash uchun tegishli nazorat organiga ma’lumotlar yuborilgan, shundan 70 taga yaqini belgilangan tartibda rasman bloklangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilishicha, reklama sohasidagi qonunbuzilishlarga tezkor chora ko‘rish maqsadida mas’ul tashkilotlar o‘rtasida doimiy o‘zaro hamkorlik mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib etuvchi veb-saytlarga nisbatan kirishni cheklash va bloklash choralari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, qo‘mita "Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarning reklamasi mutlaqo taqiqlanganini eslatdi.