https://oz.sputniknews.uz/20260803/russia-beliy-kolodez-ustinovka-nazorat-59466101.html
Rossiya Beliy Kolodez va Ustinovkani nazoratga oldi: buning harbiy ahamiyati nimada?
Rossiya Beliy Kolodez va Ustinovkani nazoratga oldi: buning harbiy ahamiyati nimada?
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi Beliy Kolodez va Ustinovka nazoratga olinganini bildirdi. Beliy Kolodez Velikiy Burluk yo‘nalishidagi harakat va Ukraina pozitsiyalariga bosimni kuchaytirish uchun muhim nuqta hisoblanadi.
2026-08-03T16:52+0500
2026-08-03T16:52+0500
2026-08-03T17:14+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0f/58352972_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_561219a4e60876b0e39ac749e60153b4.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiyaning "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatidagi Beliy Kolodez va Ustinovka aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Beliy Kolodez — urushga qadar 3,5 mingga yaqin aholi yashagan shaharcha. Sputnik xabar berishicha, uning ahamiyati aholi sonida emas, balki joylashuvida. Beliy Kolodez Blagodatnoe, Reznikovo, Cherni va Prikolotnoe bilan birga mintaqadagi asosiy tayanch nuqtalardan biri hisoblanadi. Ularni nazorat qilish Velikiy Burlukka yaqinlashish hamda Varvarovka atrofidagi Ukraina pozitsiyalariga bosimni kuchaytirish uchun muhim.Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov 128-motoo‘qchi brigadasi va 127-motoo‘qchi polki qo‘mondonligi hamda shaxsiy tarkibini Beliy Kolodez aholi punkti ozod etilgani bilan tabrikladi.Keyingi ehtimoliy yo‘nalishlardan biri Prikolotnoe bo‘lishi mumkin. Zaxarovka—Chernoe chizig‘i va Prikolotnoe nazoratga olinsa, Ukraina bo‘linmalarining ta’minot yo‘llari qiyinlashib, ular chekinish yoki operativ qurshov xavfiga duch kelishi mumkin.Ayni paytda Rossiya qo‘shinlari bu sektorda shimoldan Degtarnoe, sharqdan esa Melovoe tomondan harakatlanmoqda. Shu bois Beliy Kolodez uch yo‘nalishdagi harakatlarni bog‘lovchi muhim nuqta sifatida baholanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260801/rossiya-yana-ikkita-aholi-punkti-ustidan-nazorat-ornatdi-59433346.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0f/58352972_234:0:2965:2048_1920x0_80_0_0_b59b428a4ade41bf9af2a52cc6ce9cc4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya mudofaa vazirligi
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya Beliy Kolodez va Ustinovkani nazoratga oldi: buning harbiy ahamiyati nimada?
16:52 03.08.2026 (yangilandi: 17:14 03.08.2026) Beliy Kolodez ustidan nazorat Rossiya qo‘shinlariga Velikiy Burluk yo‘nalishida harakatni davom ettirish imkonini berishi mumkin.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiyaning "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatidagi Beliy Kolodez va Ustinovka aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
Beliy Kolodez — urushga qadar 3,5 mingga yaqin aholi yashagan shaharcha. Sputnik
xabar berishicha, uning ahamiyati aholi sonida emas, balki joylashuvida.
Aholi punkti ustidan nazorat Velikiy Burluk tomon harakatni davom ettirish va Xarkov viloyati shimoli-sharqidagi nazorat hududini kengaytirish imkonini berishi mumkin.
Beliy Kolodez Blagodatnoe, Reznikovo, Cherni va Prikolotnoe bilan birga mintaqadagi asosiy tayanch nuqtalardan biri hisoblanadi. Ularni nazorat qilish Velikiy Burlukka yaqinlashish hamda Varvarovka atrofidagi Ukraina pozitsiyalariga bosimni kuchaytirish uchun muhim.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov 128-motoo‘qchi brigadasi va 127-motoo‘qchi polki qo‘mondonligi hamda shaxsiy tarkibini Beliy Kolodez aholi punkti ozod etilgani bilan tabrikladi.
"Shaxsiy tarkibni jangovar vazifa muvaffaqiyatli bajarilgani bilan tabriklayman. Sizlarning qat’iy harakatlaringiz natijasida dushman talafot ko‘rib, g‘arb tomon chekindi", — deyiladi vazir tabrigida.
Keyingi ehtimoliy yo‘nalishlardan biri Prikolotnoe bo‘lishi mumkin. Zaxarovka—Chernoe chizig‘i va Prikolotnoe nazoratga olinsa, Ukraina bo‘linmalarining ta’minot yo‘llari qiyinlashib, ular chekinish yoki operativ qurshov xavfiga duch kelishi mumkin.
Ayni paytda Rossiya qo‘shinlari bu sektorda shimoldan Degtarnoe, sharqdan esa Melovoe tomondan harakatlanmoqda. Shu bois Beliy Kolodez uch yo‘nalishdagi harakatlarni bog‘lovchi muhim nuqta sifatida baholanmoqda.