Rossiya yana ikkita aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi
18:24 01.08.2026 (yangilandi: 18:28 01.08.2026)
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda Rossiya uzoq masofali zarbalar bilan Kiyevda oltita harbiy sanoat korxonasini vayron qildi.
TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari bugun Xarkov va Zaporojye viloyatida yana ikkita aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
"G‘arb" kuchlar guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatidagi Olxovka qishlog‘i ustidan, "Sharq" kuchlar guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatidagi Lyubiskoe qishlog‘ini ozod qildi, deyiladi xabarda.
Kun davomida Ukraina qo‘shinlari yo‘qotishlari 1330 nafar harbiy xizmatchi, 9 ta zirhli jangovar texnika, 12 ta dala artilleriya qurollari, 108 ta harbiy avtomobil va 743 ta uchuvchisiz apparatlarni tashkil qildi.
Tungi zarbalar
O‘tgan tunda Rossiya Qurolli Kuchlari quruqlik va dengizda joylashgan uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar va uchuvchisiz apparatlari yordamida Kiyev va Kiyev viloyatidagi harbiy-sanoat kompleksi obyektlari va logistika markazlariga keng ko‘lamli zarba berdi.
Zarbalar quyidagi nishonlarga tegdi:
Zarbalar quyidagi nishonlarga tegdi:
"Radiozmeritel" davlat korxonasi vayron qilindi. Kiyevda joylashgan ushbu korxona "Neptun-MD" boshqariladigan raketalari, FirePoint-7, -9 va Grom-2 operatsion-taktik raketalari uchun elektron komponentlarni ishlab chiqargan.
"Kiyev-1" ("Burevestnik" davlat korxonasi) elektron sanoati yig‘ish zavodi, uzoq va o‘rta masofali uchuvchisiz apparatlari uchun elektron komponentlar va turli qismlar va radar uskunalari ishlab chiqargan.
"Kiyev-111" sanoat korxonasi "Fayer Poynt" va "Flamingo" raketalari uchun komponentlar va jangovar kallaklar ishlab chiqargan.
"Kiyev-25" sanoat korxonasi ("PV GRUPP Ukraina") "Lima" elektron kurash tizimlari uchun dasturiy ta’minot va apparat vositalarini ishlab chiqargan.
"Kiyev-21" - "Ded Flay", "Osa Kamikadze", "Link Dron" va "Tander" uchuvchisiz apparatlarni yig‘ish va saqlash korxonasi.
"Vishnevoe" logistika markazi. Kiyev viloyatida joylashgan ushbu korxona uchuvchisiz apparatlarning alohida komponentlarni saqlash, yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullangan.
Odessa janubida Qora dengizda suzib ketayotgan ikkita quruq yuk kemasi shikastlangan. Ular Ukraina portiga harbiy yuklarni tashigan.
