https://oz.sputniknews.uz/20260802/uzbekistan-iqtisod-osish-59435207.html
O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishiga qaysi tarmoqlar ko‘proq hissa qo‘shdi
O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishiga qaysi tarmoqlar ko‘proq hissa qo‘shdi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston YaIMi 8,5 foizga o‘sib, 1 072,7 trln so‘mga yetdi. Qurilish 13,7 foiz, xizmatlar 9,2 foiz va sanoat 8 foiz o‘sdi.
2026-08-02T16:10+0500
2026-08-02T16:10+0500
2026-08-02T16:10+0500
milliy statistika qo‘mitasi
yaim
iqtisod
o‘zbekiston
soliq
xizmat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/01/59434546_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_80b8c96b54488eae575a0568070bb1e8.png
2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 1 072,7 trln so‘mni tashkil etdi. Real iqtisodiy o‘sish 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,5 foiz bo‘ldi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.Asosiy tarmoqlar orasida eng yuqori o‘sish qurilishda qayd etildi — 13,7 foiz. Xizmatlar sohasida qo‘shilgan qiymat 9,2 foiz, sanoatda 8 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sdi.Iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat YaIMning 95,8 foizini tashkil etdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning ulushi 4,2 foiz bo‘lib, ularning hajmi 8,3 foizga oshdi.Aholi jon boshiga YaIM 27,95 mln so‘mga yetdi va real hisobda 6,6 foizga o‘sdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/01/59434546_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_e4b61274bfa4cd181e69dbcda3f52975.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
milliy statistika qo‘mitasi , infografika, yaim, iqtisod, o‘zbekiston, soliq, xizmat
milliy statistika qo‘mitasi , infografika, yaim, iqtisod, o‘zbekiston, soliq, xizmat
O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishiga qaysi tarmoqlar ko‘proq hissa qo‘shdi
Yarim yilda O‘zbekiston YaIMi 1 072,7 trln so‘mga yetdi, eng yuqori o‘sish qurilish va axborot-aloqa sohalarida qayd etildi.
2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 1 072,7 trln so‘mni tashkil etdi. Real iqtisodiy o‘sish 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,5 foiz bo‘ldi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Asosiy tarmoqlar orasida eng yuqori o‘sish qurilishda qayd etildi — 13,7 foiz. Xizmatlar sohasida qo‘shilgan qiymat 9,2 foiz, sanoatda 8 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sdi.
Xizmatlar tarkibida axborot va aloqa sohasi 23,2 foizlik o‘sish bilan yetakchilik qildi. Tashish va saqlash xizmatlari 15,8 foiz, savdo 15 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlari 10,8 foizga o‘sdi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat YaIMning 95,8 foizini tashkil etdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning ulushi 4,2 foiz bo‘lib, ularning hajmi 8,3 foizga oshdi.
Aholi jon boshiga YaIM 27,95 mln so‘mga yetdi va real hisobda 6,6 foizga o‘sdi.