O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishiga qaysi tarmoqlar ko‘proq hissa qo‘shdi

Obuna bo‘lish
Yarim yilda O‘zbekiston YaIMi 1 072,7 trln so‘mga yetdi, eng yuqori o‘sish qurilish va axborot-aloqa sohalarida qayd etildi.
2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 1 072,7 trln so‘mni tashkil etdi. Real iqtisodiy o‘sish 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,5 foiz bo‘ldi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Asosiy tarmoqlar orasida eng yuqori o‘sish qurilishda qayd etildi — 13,7 foiz. Xizmatlar sohasida qo‘shilgan qiymat 9,2 foiz, sanoatda 8 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sdi.
Xizmatlar tarkibida axborot va aloqa sohasi 23,2 foizlik o‘sish bilan yetakchilik qildi. Tashish va saqlash xizmatlari 15,8 foiz, savdo 15 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlari 10,8 foizga o‘sdi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat YaIMning 95,8 foizini tashkil etdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning ulushi 4,2 foiz bo‘lib, ularning hajmi 8,3 foizga oshdi.
Aholi jon boshiga YaIM 27,95 mln so‘mga yetdi va real hisobda 6,6 foizga o‘sdi.
Yangiliklar lentasi
0