https://oz.sputniknews.uz/20260802/afghanistan-savdo-59442391.html
Afg‘oniston savdosi Markaziy Osiyoga burildi — O‘zbekiston asosiy yetkazib beruvchilar qatorida
Afg‘oniston savdosi Markaziy Osiyoga burildi — O‘zbekiston asosiy yetkazib beruvchilar qatorida
Sputnik O‘zbekiston
Pokiston yo‘nalishidagi uzilishlar Afg‘oniston savdosini Markaziy Osiyo va Eron tomon burdi. O‘zbekiston asosiy yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib qolmoqda, ammo mamlakat iqtisodiyoti tranzit yo‘llari va ichki daromadlarga qattiq bog‘liq.
2026-08-02T17:08+0500
2026-08-02T17:08+0500
2026-08-02T17:08+0500
markaziy osiyo
pokiston
iqtisod
jahon banki
tranzit tashish
eksport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/08/55554225_0:154:3094:1894_1920x0_80_0_0_f7bcfdf787682f8a3a53191e3560b196.jpg
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Afg‘oniston tashqi savdosi Pokiston yo‘nalishidagi logistik muammolar sabab Markaziy Osiyo va Eron tomon sezilarli burildi. Jahon bankining iyul hisobotiga ko‘ra, mamlakat importining 48 foizi Markaziy Osiyo yo‘laklari, 46 foizi esa Eron orqali amalga oshirilmoqda. Pokistonning ulushi deyarli nolga tushgan.Afg‘onistonga asosiy tovar yetkazib beruvchilar qatorida Eron, Xitoy, BAA, O‘zbekiston va Qozog‘iston bor. Hindiston esa afg‘on mahsulotlarining eng yirik bozoriga aylanib, eksportning 33,6 foizini qabul qilmoqda.Iyun oyida Afg‘oniston importi bir oyda 10 foizga o‘sib, 1,062 mlrd dollarga yetdi. Yillik inflyatsiya maydagi 8 foizdan 7,6 foizga pasaydi. Oziq-ovqat narxlari mavsumiy arzonlashgan bo‘lsa-da, uy-joy, tibbiy xizmat va transport xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda.Jahon banki ichki talab va davlat daromadlarida nisbiy barqarorlikni qayd etgan. Biroq aholi sonining tez o‘sishi, migrantlarning ommaviy qaytishi va ish o‘rinlari yetishmasligi iqtisodiy o‘sish ta’sirini pasaytirmoqda. Aholi jon boshiga real daromad “Tolibon” hokimiyatga kelishidan oldingi darajadan 5,6 foiz past.Budjet ham ichki soliqlar va yig‘imlarga qattiq bog‘liq. Xavfsizlik xarajatlari davlat sarflarining qariyb yarmini egallayotgani ta’lim, infratuzilma va xususiy sektorni rivojlantirish imkoniyatlarini cheklaydi.Chegaralar yopilishi yoki mintaqaviy keskinlik import narxlarini oshirib, budjet va aholi turmush darajasiga yangi bosim o‘tkazishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260701/uzbekistan-eksport-58724246.html
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/08/55554225_182:0:2913:2048_1920x0_80_0_0_52231055df486670c9eaefaa2bcf3fa1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo, pokiston, iqtisod, jahon banki, tranzit tashish, eksport
markaziy osiyo, pokiston, iqtisod, jahon banki, tranzit tashish, eksport
Afg‘oniston savdosi Markaziy Osiyoga burildi — O‘zbekiston asosiy yetkazib beruvchilar qatorida
Afg‘oniston importining 48 foizi Markaziy Osiyo yo‘laklariga to‘g‘ri kelmoqda, O‘zbekiston asosiy yetkazib beruvchilar qatorida.
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Afg‘oniston tashqi savdosi Pokiston yo‘nalishidagi logistik muammolar sabab Markaziy Osiyo va Eron tomon sezilarli burildi. Jahon bankining iyul hisobotiga
ko‘ra, mamlakat importining 48 foizi Markaziy Osiyo yo‘laklari, 46 foizi esa Eron orqali amalga oshirilmoqda. Pokistonning ulushi deyarli nolga tushgan.
Afg‘onistonga asosiy tovar yetkazib beruvchilar qatorida Eron, Xitoy, BAA, O‘zbekiston va Qozog‘iston bor. Hindiston esa afg‘on mahsulotlarining eng yirik bozoriga aylanib, eksportning 33,6 foizini qabul qilmoqda.
Yangi yo‘nalish O‘zbekiston uchun tranzit xizmatlari, elektr energiyasi, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari eksportini kengaytirish imkonini oshiradi.
Iyun oyida Afg‘oniston importi bir oyda 10 foizga o‘sib, 1,062 mlrd dollarga yetdi. Yillik inflyatsiya maydagi 8 foizdan 7,6 foizga pasaydi. Oziq-ovqat narxlari mavsumiy arzonlashgan bo‘lsa-da, uy-joy, tibbiy xizmat va transport xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda.
Jahon banki ichki talab va davlat daromadlarida nisbiy barqarorlikni qayd etgan. Biroq aholi sonining tez o‘sishi, migrantlarning ommaviy qaytishi va ish o‘rinlari yetishmasligi iqtisodiy o‘sish ta’sirini pasaytirmoqda. Aholi jon boshiga real daromad “Tolibon” hokimiyatga kelishidan oldingi darajadan 5,6 foiz past.
Budjet ham ichki soliqlar va yig‘imlarga qattiq bog‘liq. Xavfsizlik xarajatlari davlat sarflarining qariyb yarmini egallayotgani ta’lim, infratuzilma va xususiy sektorni rivojlantirish imkoniyatlarini cheklaydi.
Markaziy Osiyo orqali savdoning kengayishi Afg‘oniston ta’minot zanjirlarini barqarorlashtirishi mumkin. Ammo oz sonli hamkorlar va cheklangan tranzit yo‘laklariga qaramlik asosiy xavf bo‘lib qolmoqda.
Chegaralar yopilishi yoki mintaqaviy keskinlik import narxlarini oshirib, budjet va aholi turmush darajasiga yangi bosim o‘tkazishi mumkin.