O‘zbekiston eksporti 13,3 mlrd dollarga yetdi — eng ko‘p mahsulot Rossiyaga yetkazib berildi

© SP BMB-NRC AgrologisticsZavershilsya perviy etapa uzbeksko-rossiyskogo SP "BMB-NRC Agrologistics"
Zavershilsya perviy etapa uzbeksko-rossiyskogo SP BMB-NRC Agrologistics - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘sishda xizmatlar va to‘qimachilik yetakchi bo‘ldi, eng ko‘p eksport Rossiyaga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston eksporti oltin eksportini hisobga olmagan holda 13,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,5 foizga yoki 3 milliard dollarga ko‘p. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hisobot davrida xizmatlar eksporti 5 mlrd dollarga, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,5 mlrd dollarga, meva-sabzavot mahsulotlari 881,2 mln dollarga yetgan. Qurilish materiallari eksporti 680,2 mln dollar, zargarlik buyumlari 654 mln dollar, elektrotexnika sanoati mahsulotlari 595,8 mln dollar, oziq-ovqat mahsulotlari esa 577,6 mln dollarni tashkil etgan.
Eksport bo‘yicha asosiy savdo hamkorlari qatorida Rossiya yetakchilik qilmoqda — ushbu mamlakatga eksport hajmi 1,8 mlrd dollarga yetgan.
Keyingi o‘rinlarda Xitoy — 1,2 mlrd dollar, Afg‘oniston — 728,5 mln dollar, Qozog‘iston — 562 mln dollar, Turkiya — 414,2 mln dollar va Qirg‘iziston — 409 mln dollar qayd etilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, shu davrda O‘zbekiston 7 ta yangi mamlakatga eksport yo‘lga qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi ochiq statistikasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonning nomonetar oltin eksporti 1,5 mlrd dollarni tashkil etgan.

Vneshnetorgoviy_oborot_Uzbekistana_so_stranami_YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdosi ko‘rsatkichlari
Yangiliklar lentasi
0