https://oz.sputniknews.uz/20260320/mirziyoev-ramazon-hayiti-56399539.html
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi. Davlat rahbari o‘z tabrigida “jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq tugab, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda yashashini” tiladi.
2026-03-20T08:44+0500
2026-03-20T08:44+0500
2026-03-20T08:49+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
ramazon hayiti
tabrik
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/07/56144350_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_113677ac9a0396e9f1710c3a9c3dbe55.jpg
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu yil Toshkent shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilishi – xalqimizga o‘ziga xos Ramazon tuhfasi bo‘ldi. Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq barham topib, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda hayot kechirishini tilab qolamiz. Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlaridagi musulmon birodarlarimizni qutlab, samimiy salom va tilaklarimizni yo‘llaymiz. Xorijda bayram shukuhi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham chin dildan tabriklab, ularning ishlari va o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
https://oz.sputniknews.uz/20260318/ramazon-hayiti-56359799.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/07/56144350_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_27e732aa8503b363fd2c893546f047d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev ramazon hayiti tabrik
shavkat mirziyoyev ramazon hayiti tabrik
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
08:44 20.03.2026 (yangilandi: 08:49 20.03.2026) Davlat rahbari o‘z tabrigida “jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq tugab, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda yashashini” tiladi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
"Butun xalqimizni ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman", - deyildadi tabrik boshida.
Bu yil Toshkent shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilishi – xalqimizga o‘ziga xos Ramazon tuhfasi bo‘ldi.
Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq barham topib, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda hayot kechirishini tilab qolamiz.
Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlaridagi musulmon birodarlarimizni qutlab, samimiy salom va tilaklarimizni yo‘llaymiz.
Xorijda bayram shukuhi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham chin dildan tabriklab, ularning ishlari va o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Alloh taoloning rahmati yog‘ilib turgan ushbu qutlug‘ damlarda siz, azizlarni Iyd al-Fitr bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!