Irkutsk kompaniyalari O‘zbekiston bilan 112 mln dollarlik 11 ta loyihani ishlab chiqmoqda

© sayt Kultura.rfIrkutskie kompanii prorabativayut s Uzbekistanom 11 proyektov na 112 mln dollarov.
Irkutskie kompanii prorabativayut s Uzbekistanom 11 proyektov na 112 mln dollarov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Irkutsk viloyati ishbilarmonlari onlayn uchrashuvda savdo, investitsiya, qishloq xo‘jaligi va turizmdagi hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Rossiyaning Irkutsk viloyati kompaniyalari O‘zbekiston bilan umumiy qiymati 112 mln dollar bo‘lgan 11 ta yangi loyihani ishlab chiqmoqda. Bu haqda ikki tomon ishbilarmon doiralarining onlayn uchrashuvi yakunlari bo‘yicha "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralarda qishloq xo‘jaligida qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlaridan kiyim-kechak ishlab chiqarish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Namanganda ishlab chiqarilgan erkaklar kostumlari va boshqa o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari uchun Novosibirskda maxsus savdo markazi ochish taklif qilindi.
Tomonlar Termizdagi "Ayritom" erkin savdo zonasida Irkutsk viloyati mahsulotlari shourumini tashkil etish imkoniyatini ham muhokama qildi. Bu maydonchadan Irkutsk mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga olib chiqishda foydalanish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir O‘zbekiston va Irkutsk viloyati ishtirokida umumiy qiymati 12 mln dollar bo‘lgan uchta investitsiya kelishuvi amalga oshirilmoqda. Ular gidravlik uskunalar ishlab chiqarish, ulgurji savdo va sellyuloza-karton sanoatini qamrab oladi.
Bundan tashqari, Irkutsk kompaniyalari 112 mln dollarlik yana 11 ta loyihani ishlab chiqmoqda. Ular bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga 2026-yil apreldagi "INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasida erishilgan.
O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi Irkutsk korxonalarining buyurtmalari asosida rezavor mevalar yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Irkutsk viloyati o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 44 foizga o‘sib, 180 mln dollarga yetgan. O‘zbekiston viloyatning eksport yo‘nalishlari orasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
Tomonlar 25–27 avgust kunlari Irkutskda o‘tadigan Baykal xalqaro hamkorlar forumida muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Irkutsk viloyati o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2026
Matbuot markazi
O‘zbekistonlik investorlarga Irkutskda chorvachilik yerlari ajratish taklifi ko‘rib chiqilmoqda
Yangiliklar lentasi
0