https://oz.sputniknews.uz/20260423/uzbekistan-investorlar-irkutsk-chorva-erlar-ajratish-57106159.html
O‘zbekistonlik investorlarga Irkutskda chorvachilik yerlari ajratish taklifi ko‘rib chiqilmoqda
O‘zbekistonlik investorlarga Irkutskda chorvachilik yerlari ajratish taklifi ko‘rib chiqilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Irkutsk viloyatida o‘zbekistonlik investorlar uchun chorvachilik yerlari ajratish, meva-sabzavot bazasi va Savdo uyini ochish masalalari Andijon viloyati bilan imzolangan yo‘l xaritasiga kiritildi.
2026-04-23T16:25+0500
2026-04-23T16:25+0500
2026-04-23T16:25+0500
matbuot markazi
irkutsk
chorva
meva-sabzavot
eksport
rossiya
matbuot markazi video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/17/57104988_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_8bb0d8521845c0b95342df8ffd9272bd.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiyaning Irkutsk viloyati iqtisodiy rivojlanish va sanoat vaziri Viktor Sishkovskiy ishtirokida Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida O‘zbekiston va Irkutsk viloyati o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikka bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.Vazirning aytishicha, Innoprom doirasida asosiy B2B uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazmada Irkutsk viloyatidan qatnashayotgan kompaniyalardan biri Enerpred bo‘lib, og‘ir texnika, shuningdek, qutqaruv va yong‘in xavfsizligi xizmatlari uchun gidravlik uskunalar ishlab chiqaradi.Intopro kompaniyasi esa O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, quyma pollar ishlab chiqaradi. Kompaniya mahalliylashtirishni yo‘lga qo‘ygan, O‘zbekistonda ularning muhandislar jamoasi ishlayapti, yangi xodimlar o‘qitilmoqda va ish o‘rinlari yaratilmoqda.Sishkovskiyning ta’kidlashicha, Severtexnoprom kompaniyasi ham O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan memorandum imzolab, aniq loyihalar asosida mahalliylashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, tomonlar savdo aylanmasini oshirishni maqsad qilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, Andijon viloyati bilan imzolangan kelishuv doirasida yo‘l xaritasi qabul qilingan. Hujjatda aniq bandlar va ularni amalga oshirish muddatlari belgilangan. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida Irkutsk viloyatida respublika Savdo uyini ochish, shuningdek, yirik meva-sabzavot logistika bazasini yaratish bor.Shuningdek, Irkutsk viloyati hududida yirik shoxli qoramol boqish uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish taklifi ham ko‘rib chiqilmoqda. Rejaga ko‘ra, bu yerda yetishtirilgan mahsulotlar keyinchalik ham Irkutsk viloyati va Rossiya hududiga, ham O‘zbekistonga yetkazib berilishi mumkin. Sishkovskiyning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik investorlar bu loyihalarga kirib borishga tayyor.Batafsil — videomizda.
https://oz.sputniknews.uz/20260317/belarus-uzbekistan-tadbirkorlar-taklif-56322508.html
irkutsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/17/57104988_262:0:1702:1080_1920x0_80_0_0_d812bf5e6b449d63466b0c54a435762e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
irkutsk, chorva, meva-sabzavot, eksport, rossiya, matbuot markazi video
irkutsk, chorva, meva-sabzavot, eksport, rossiya, matbuot markazi video
O‘zbekistonlik investorlarga Irkutskda chorvachilik yerlari ajratish taklifi ko‘rib chiqilmoqda
Irkutsk viloyatida o‘zbekistonlik investorlar uchun chorvachilik yerlari ajratish taklifi ko‘rib chiqilmoqda, shuningdek savdo uyi va yirik meva-sabzavot bazasini ochish rejalashtirilmoqda
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiyaning Irkutsk viloyati iqtisodiy rivojlanish va sanoat vaziri Viktor Sishkovskiy ishtirokida
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida O‘zbekiston va Irkutsk viloyati o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikka bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Vazirning aytishicha, Innoprom doirasida asosiy B2B uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazmada Irkutsk viloyatidan qatnashayotgan kompaniyalardan biri Enerpred bo‘lib, og‘ir texnika, shuningdek, qutqaruv va yong‘in xavfsizligi xizmatlari uchun gidravlik uskunalar ishlab chiqaradi.
Intopro kompaniyasi esa O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, quyma pollar ishlab chiqaradi. Kompaniya mahalliylashtirishni yo‘lga qo‘ygan, O‘zbekistonda ularning muhandislar jamoasi ishlayapti, yangi xodimlar o‘qitilmoqda va ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Sishkovskiyning ta’kidlashicha, Severtexnoprom kompaniyasi ham O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan memorandum imzolab, aniq loyihalar asosida mahalliylashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, tomonlar savdo aylanmasini oshirishni maqsad qilgan.
Irkutsk viloyati O‘zbekistonga asosan yog‘och, alyuminiy, IT yechimlar va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi, O‘zbekistondan esa meva-sabzavot, texnika, idish va qadoqlash materiallari import qilinadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Andijon viloyati bilan imzolangan kelishuv doirasida yo‘l xaritasi qabul qilingan. Hujjatda aniq bandlar va ularni amalga oshirish muddatlari belgilangan. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida Irkutsk viloyatida respublika Savdo uyini ochish, shuningdek, yirik meva-sabzavot logistika bazasini yaratish bor.
Shuningdek, Irkutsk viloyati hududida yirik shoxli qoramol boqish uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish taklifi ham ko‘rib chiqilmoqda. Rejaga ko‘ra, bu yerda yetishtirilgan mahsulotlar keyinchalik ham Irkutsk viloyati va Rossiya hududiga, ham O‘zbekistonga yetkazib berilishi mumkin. Sishkovskiyning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik investorlar bu loyihalarga kirib borishga tayyor.