https://oz.sputniknews.uz/20260727/saidov-elchilar-qabul-59315062.html
Saidov Ozarbayjon, Argentina, Gambiya va Portugaliyaning yangi elchilarini qabul qildi
Saidov Ozarbayjon, Argentina, Gambiya va Portugaliyaning yangi elchilarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ozarbayjon, Argentina, Gambiya va Portugaliyaning yangi elchilarini qabul qildi. Uchrashuvlarda savdo, investitsiya, transport va siyosiy muloqot masalalari muhokama qilindi.
2026-07-27T18:47+0500
2026-07-27T18:47+0500
2026-07-27T18:47+0500
o‘zbekiston tiv
baxtiyor saidov
elchi
siyosat
diplomatiya
diplomatlar
qozog‘iston
ozarbayjon
o‘zbekiston
argentina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1b/59313414_0:255:2560:1695_1920x0_80_0_0_e97ceb148e24f89700e4c2d23eee9a6d.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon, Argentina, Gambiya va Portugaliyaning mamlakatdagi yangi tayinlangan elchilarini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ozarbayjon elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashuvda siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport va logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.Argentina elchisi Enrike Ignasio Ferrer Viyeyra bilan siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.Gambiya elchisi Alkali Fanka Kontex bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida hali to‘liq ishga solinmagan imkoniyatlar, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.Portugaliya elchisi Sara Martinsh bilan aprel oyida Lissabonda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish va hududlararo aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Uning elchilik davrida, 2022-yil 22-dekabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. Atamkulov ikki mamlakat munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260722/malaysia-pakistan-elchi-ishonch-yorliqlar-59196305.html
qozog‘iston
o‘zbekiston
argentina
portugaliya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1b/59313414_92:0:2469:1783_1920x0_80_0_0_885793764851873bc34f1b506e1be7bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tiv, baxtiyor saidov, elchi, siyosat, diplomatiya, diplomatlar, qozog‘iston, ozarbayjon, o‘zbekiston, argentina, portugaliya
o‘zbekiston tiv, baxtiyor saidov, elchi, siyosat, diplomatiya, diplomatlar, qozog‘iston, ozarbayjon, o‘zbekiston, argentina, portugaliya
Saidov Ozarbayjon, Argentina, Gambiya va Portugaliyaning yangi elchilarini qabul qildi
Baxtiyor Saidov Ozarbayjon, Argentina, Gambiya va Portugaliyaning yangi elchilarini qabul qilib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon, Argentina, Gambiya va Portugaliyaning mamlakatdagi yangi tayinlangan elchilarini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ozarbayjon elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashuvda siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport va logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Argentina elchisi Enrike Ignasio Ferrer Viyeyra bilan siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Gambiya elchisi Alkali Fanka Kontex bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida hali to‘liq ishga solinmagan imkoniyatlar, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
Portugaliya elchisi Sara Martinsh bilan aprel oyida Lissabonda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish va hududlararo aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu kuni Saidov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qozog‘iston elchisi Beybut Atamkulovni ham qabul qildi.
Uning elchilik davrida, 2022-yil 22-dekabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. Atamkulov ikki mamlakat munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.