Malayziya va Pokistonning yangi elchilari ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

© Baxtiyor Saidov/TelegramNovie posli Malayzii i Pakistana vruchili kopii veritelnix gramot.
Novie posli Malayzii i Pakistana vruchili kopii veritelnix gramot. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Obuna bo‘lish
Saidov Malayziya va Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Uchrashuvlarda savdo, investitsiya va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya va Pokistonning mamlakatdagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Rafeda binti Abdul Aziz bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda turli sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratdi.
Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi Muhammad Mudassir Tipu bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
© Baxtiyor Saidov/TelegramNovie posli Malayzii i Pakistana vruchili kopii veritelnix gramot.
Novie posli Malayzii i Pakistana vruchili kopii veritelnix gramot. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Novie posli Malayzii i Pakistana vruchili kopii veritelnix gramot.
Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, Strategik hamkorlik kengashi mexanizmlarini faollashtirish hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Tugjanov Yerali naznachen poslom Kazaxstan v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Yerali Tug‘janov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0