Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Ukrainadan Amerika iqtisodiy manfaatlariga hujumlarni bas qilishni talab qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishZdanie Gosdepa SShA
Zdanie Gosdepa SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina Qozog‘iston neft eksportining 80 foizini ta’minlaydigan KTK infratuzilmasiga hujumi AQSh investitsiyalariga ta’sir qilgani aytildi. Vashington Kiyevni bunday harakatdan tiyilishga chaqirdi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukraina hukumatini Qora dengizdagi Rossiya neft infratuzilmasiga berilgan zarbalar AQShning Qozog‘istondagi sarmoyalariga ta’sir qilgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchisi Olga Stefanishina CNN telekanaliga ma’lum qildi.
"Ukrainaning Novorossiyskka hujumlari Qozog‘iston orqali amalga oshirilayotgan ayrim Amerika investitsiyalariga ta’sir qilgani aytildi. AQSh Davlat departamenti bizga Amerika manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish kerakligini bildirdi", — dedi u.
Stefanishinaga ko‘ra, AQSh Qozog‘istonda yirik iqtisodiy manfaatlarga ega bo‘lib, ular Ukrainadagi sarmoyalardan ancha katta. Shu bilan birga, u Kiyev mustaqillik yillari davomida bunday darajadagi investitsiyalarni jalb qila olmaganini qayd etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikaga tegishli "Chevron" kompaniyasi Kaspiy quvurlari konsorsiumi (KTK)ning yirik aksiyadorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu quvur orqali Qozog‘iston neft eksportining qariyb 80 foizi amalga oshiriladi.
Hujumlar ortidan Qozog‘iston neft tashish va qazib olish hajmini vaqtincha qisqartirishga majbur bo‘ldi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Kiyevdan bunday holatlarning takrorlanmasligi yuzasidan choralar kutayotganini bildirgan. Keyinchalik Ostona va Kiyev KTK infratuzilmasi bo‘yicha kelishuvga erishgani ma’lum qilindi.
Pervoe inostrannoe sudno vishlo v more iz porta Mariupolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2026
Ukrainaning Qora dengizdagi hujumlari G‘arbning zaifligini namoyish qildi - OAV
Yangiliklar lentasi
0