O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliV Tashkente sostoyalsya Uzbeksko-Kitayskiy biznes-forum
V Tashkente sostoyalsya Uzbeksko-Kitayskiy biznes-forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda O‘zbekiston va Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni kompaniyalari tog‘-kon sanoati, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni kompaniyalari qo‘shma investitsiya va ishlab chiqarish loyihalarini muhokama qildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumida metallurgiya, energetika, logistika, biotexnologiyalar, avtomobilsozlik va oziq-ovqat sanoatida faoliyat yuritayotgan 22 ta kompaniya, shuningdek, davlat va tarmoq tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Muzokaralarda tog‘-kon sanoati, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, zamonaviy texnologiyalar, sanoat kooperatsiyasi hamda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish sohalaridagi loyihalar ko‘rib chiqildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi besh yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi uch baravarga oshib, 2025-yil yakunida qariyb 18 milliard dollarga yetgan. Xitoyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi esa besh baravarga ko‘payib, 17 milliard dollarni tashkil etgan.
Hozir O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokidagi 6 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Zapreshayetsya privatizatsiya botanicheskix sadov i ix zemel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi abadiy do‘stlik shartnomasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
Yangiliklar lentasi
0