Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi abadiy do‘stlik shartnomasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Zapreshayetsya privatizatsiya "botanicheskix sadov" i ix zemel
Zapreshayetsya privatizatsiya botanicheskix sadov i ix zemel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Obuna bo‘lish
Hujjatda Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida suverenitetni hurmat qilish, o‘zaro hujum qilmaslik va hamkorlikni rivojlantirish belgilangan.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Hujjat Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning umumiy huquqiy asosini belgilaydi.
Shartnoma 2025-yil 17-iyun kuni Ostona shahrida davlat rahbarlari tomonidan imzolangan. U “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi davlatlar o‘rtasida imzolangan birinchi xalqaro shartnoma hisoblanadi.
15 moddadan iborat hujjatda tomonlar mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, o‘zaro hujum qilmaslik, ichki ishlarga aralashmaslik hamda uzoq muddatli barqaror aloqalarni rivojlantirish tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi.
Shartnomaga ko‘ra, davlatlar siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish, oliy va yuqori darajadagi tashriflar mexanizmidan foydalanish, mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha pozitsiyalarni muntazam muvofiqlashtirib borishga kelishgan.
Qonun loyihasining qabul qilinishi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash, savdo, investitsiya, texnologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Uzbekistan, Kirgizstan i Tadjikistan ofitsialno ratifitsirovali soglashenie o granitsax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara kelishuvini rasman tasdiqladi
Yangiliklar lentasi
0