https://oz.sputniknews.uz/20260725/ozatom-moskvada-rosatom-bilan-ishchi-guruh-tuzishga-kelishib-oldi-59276152.html
"O‘zatom" Moskvada "Rosatom" bilan ishchi guruh tuzishga kelishib oldi
"O‘zatom" Moskvada "Rosatom" bilan ishchi guruh tuzishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Ishchi guruh Jizzaxda qurilayotgan AES loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi. 25.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-25T18:15+0500
2026-07-25T18:15+0500
2026-07-25T18:15+0500
aes
jizzax
rossiya
o‘zbekiston
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
rosatom
o‘zatom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/19/59275243_0:133:2560:1573_1920x0_80_0_0_aa1addd07f89afcee765c98a924235a0.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. "O‘zatom" agentligi va AES qurilishi direksiyasi delegatsiyasi 22–23 iyul kunlari Moskvada "Rosatom" mutaxassislari bilan Jizzax AESining loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi. "Rosatom" korporatsiyasining kapital qurilish bo‘yicha direktori Dmitriy Volkov hamda ekspertlik organi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur ishchi guruh O‘zbekiston va Rossiya tomonlari o‘rtasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda tegishli ekspertiza xulosalarini olish bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal etishni ta’minlaydi.Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Atom sanoati qurilish kompleksi tashkilotlari assotsiatsiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida asosiy e’tibor Assotsiatsiyaga a’zo kompaniyalar bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida hamkorlikni tashkil etish masalalariga qaratildi.Undan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Moskvada Vengriyaning MVM EGI Zrt. kompaniyasi vakili bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda quruq gradirnyalarni barpo etish masalalarni hal etish bo‘yicha yaqin istiqboldagi amaliy qadamlar belgilab olindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/19/59275243_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_770492232975abc841cdc3e2cf20dc2d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aes, jizzax, rossiya, o‘zbekiston, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, rosatom, o‘zatom
aes, jizzax, rossiya, o‘zbekiston, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, rosatom, o‘zatom
"O‘zatom" Moskvada "Rosatom" bilan ishchi guruh tuzishga kelishib oldi
Ishchi guruh Jizzaxda qurilayotgan AES loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. "O‘zatom" agentligi va AES qurilishi direksiyasi delegatsiyasi 22–23 iyul kunlari Moskvada "Rosatom" mutaxassislari bilan Jizzax AESining loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuvda loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi, shuningdek, milliy mutaxassislar salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
"Rosatom" korporatsiyasining kapital qurilish bo‘yicha direktori Dmitriy Volkov hamda ekspertlik organi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur ishchi guruh O‘zbekiston va Rossiya tomonlari o‘rtasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda tegishli ekspertiza xulosalarini olish bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal etishni ta’minlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Atom sanoati qurilish kompleksi tashkilotlari assotsiatsiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida asosiy e’tibor Assotsiatsiyaga a’zo kompaniyalar bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida hamkorlikni tashkil etish masalalariga qaratildi.
Undan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Moskvada Vengriyaning MVM EGI Zrt. kompaniyasi vakili bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda quruq gradirnyalarni barpo etish masalalarni hal etish bo‘yicha yaqin istiqboldagi amaliy qadamlar belgilab olindi.