https://oz.sputniknews.uz/20260724/uy-joy-subsidiya-59231697.html
O‘zbekistonda uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi
O‘zbekistonda uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Subsidiya olish uchun quyidagi usullar: Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish; myGov mobil ilovasi;my.gov.uz portalida ariza topshirish mumkin. Ariza topshirish jarayonida fuqarolar OneID tizimidagi shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali banklarga kredit tarixini baholash uchun zarur ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berishi kerak.
2026-07-24T09:17+0500
2026-07-24T09:17+0500
2026-07-24T09:17+0500
iqtisod
o‘zbekiston
subsidiya
uy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55122639_0:17:1135:655_1920x0_80_0_0_e1dc9fbae94e0487ea83140105abc703.jpg
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 27-iyuldan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Arizalarni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin bo‘ladi. Ular ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida ilgari taqdim etilgan, biroq xabarnoma muddati davomida foydalanilmagan qism hisobidan qabul qilinadi.Subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra kamida 30 ball to‘plashi, kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklaridan kamida birining ichki talablariga mos kelishi kerak.Bundan tashqari, ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining nomida mamlakatning barcha hududlari bo‘yicha mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmasligi lozim. Ularning o‘rtacha oylik daromadi ham belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida quyidagicha bo‘lishi kerak:Subsidiya olish uchun quyidagi usullar:Ariza topshirish jarayonida fuqarolar OneID tizimidagi shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali banklarga kredit tarixini baholash uchun zarur ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berishi kerak. Shuningdek, kredit tarixini olishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilmagan bo‘lishi lozim. Aks holda kredit tarixini o‘rganish imkoniyati cheklanib, ariza rad etilishi mumkin.Harbiy tuzilmalar xodimlari esa subsidiyaga ariza topshirish uchun bevosita Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi mumkin.Subsidiya olish jarayonida kredit tarixi baholanadigan banklar qatoriga “Agrobank”, “Aloqabank”, “Asakabank”, “Asia Alliance Bank”, “Biznesni rivojlantirish banki”, “Hamkorbank”, “Ipak yoʻli”, “Ipotekabank”, “Mikrokreditbank”, “Orient Finans”, “Trastbank”, “Turonbank”, “Xalq banki”, “Oʻzmilliybank”, “Oʻzsanoatqurilishbank” kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260706/tibbiyot-xodimlar-uy-joy-subsidiya-58845381.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55122639_38:0:1046:756_1920x0_80_0_0_2ce1f056ed712d67868460ff6c6ce49d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, subsidiya, uy
iqtisod, o‘zbekiston, subsidiya, uy
O‘zbekistonda uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi
Ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra kamida 30 ball to‘plashi, kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklaridan kamida birining ichki talablariga mos kelishi kerak.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 27-iyuldan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Arizalarni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin bo‘ladi. Ular ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida ilgari taqdim etilgan, biroq xabarnoma muddati davomida foydalanilmagan qism hisobidan qabul qilinadi.
Subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra kamida 30 ball to‘plashi, kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklaridan kamida birining ichki talablariga mos kelishi kerak.
Bundan tashqari, ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining nomida mamlakatning barcha hududlari bo‘yicha mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmasligi lozim. Ularning o‘rtacha oylik daromadi ham belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida quyidagicha bo‘lishi kerak:
Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravardan 8 baravargacha (
3,431 mln — 10,168 mln so‘m);
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan 9,2 baravargacha (
3,431 mln — 11,693 mln so‘m).
Subsidiya olish uchun quyidagi usullar:
Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;
my.gov.uz portalida, mazkur
havola orqali ariza topshirish mumkin.
Ariza topshirish jarayonida fuqarolar OneID tizimidagi shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali banklarga kredit tarixini baholash uchun zarur ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berishi kerak.
Shuningdek, kredit tarixini olishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilmagan bo‘lishi lozim. Aks holda kredit tarixini o‘rganish imkoniyati cheklanib, ariza rad etilishi mumkin.
Harbiy tuzilmalar xodimlari esa subsidiyaga ariza topshirish uchun bevosita Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi mumkin.
Subsidiya olish jarayonida kredit tarixi baholanadigan banklar qatoriga “Agrobank”, “Aloqabank”, “Asakabank”, “Asia Alliance Bank”, “Biznesni rivojlantirish banki”, “Hamkorbank”, “Ipak yoʻli”, “Ipotekabank”, “Mikrokreditbank”, “Orient Finans”, “Trastbank”, “Turonbank”, “Xalq banki”, “Oʻzmilliybank”, “Oʻzsanoatqurilishbank” kiradi.