O‘n besh yil ishlagan tibbiyot xodimlariga uy-joy uchun subsidiya beriladi

© iStock / Nuthawut SomsukKlyuchi ot kvartiri i kalkulyator
Klyuchi ot kvartiri i kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
Obuna bo‘lish
Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinadi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Hukumat qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15-yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, mamlakatning istalgan hududida subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joyni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin.
Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat qilinadi.
Ariza beruvchini baholashda uning amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15-yil ish stajiga ega ekani tasdiqlanishi shart.
Subsidiya bir oilaga — er yoki xotindan faqat biriga — bir marta beriladi.
Tanlov onlayn tarzda o‘tkaziladi. Mezonlarga to‘liq javob bergan ishtirokchilar orasidan har chorak uchun belgilangan kvota doirasida 125 nafar g‘olib avtomatik tasodifiy tanlash imkonini beruvchi veb-saytlar orqali aniqlanadi.
Subsidiya ajratish haqida xabarnoma olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish-pudrat tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechu s rabotnikami meditsinskoy i farmatsevticheskoy sfer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Prezident tibbiyot sohasida islohotlar va yangi imtiyozlarni e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0