https://oz.sputniknews.uz/20260724/token-59234765.html
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan token chiqarishga ruxsat berildi
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan token chiqarishga ruxsat berildi
Sputnik O‘zbekiston
Barqaror token qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga bog‘langan ta’minlangan kriptoaktiv hisoblanadi. 24.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-24T10:11+0500
2026-07-24T10:11+0500
2026-07-24T10:11+0500
iqtisod
o‘zbekiston
kriptovalyuta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0b/51890623_0:2:3165:1782_1920x0_80_0_0_44f6f90684c421e7796973ab40121ba1.jpg
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda barqaror tokenlarni davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlagan holda chiqarishga ruxsat berildi. Adliya vazirligi Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Hujjatga ko‘ra, endilikda maxsus huquqiy rejim doirasida barqaror tokenlarni nafaqat milliy yoki xorijiy valyuta, balki O‘zbekistonning davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ham ta’minlagan holda chiqarishga ruxsat beriladi.Qayd etilishicha, barqaror token qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga bog‘langan ta’minlangan kriptoaktiv hisoblanadi.Yangi tartibga muvofiq, tokenlar ta’minoti sifatida Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan milliy va (yoki) xorijiy valyutadagi mablag‘lar, shuningdek, emitentga tegishli hamda Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bank foydasiga bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlaridan foydalaniladi.Bunda emitent bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromad olish huquqini saqlab qoladi. Depo hisobvaraqlarini ochish, davlat qimmatli qog‘ozlarini bloklash va blokdan chiqarish amaldagi depozitar operatsiyalarni yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi.Shuningdek, alohida hisobvaraqdagi mablag‘lar qoldig‘i hamda bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati muomaladagi barcha tokenlarning umumiy nominal qiymatidan kam bo‘lmasligi belgilandi.Nizomga ko‘ra, barqaror tokenlar ta’minotini shakllantirishda kredit mablag‘lari, garovga olingan aktivlar yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260416/kripto-token-chiqarish-ruxsat-56927512.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0b/51890623_377:0:3108:2048_1920x0_80_0_0_e3f8d3906ec51077ecc5ef20ce6e27a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, kriptovalyuta
iqtisod, o‘zbekiston, kriptovalyuta
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan token chiqarishga ruxsat berildi
Barqaror token qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga bog‘langan ta’minlangan kriptoaktiv hisoblanadi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda barqaror tokenlarni davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlagan holda chiqarishga ruxsat berildi. Adliya vazirligi Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi.
Hujjatga ko‘ra, endilikda maxsus huquqiy rejim doirasida barqaror tokenlarni nafaqat milliy yoki xorijiy valyuta, balki O‘zbekistonning davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ham ta’minlagan holda chiqarishga ruxsat beriladi.
Qayd etilishicha, barqaror token qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga bog‘langan ta’minlangan kriptoaktiv hisoblanadi.
Yangi tartibga muvofiq, tokenlar ta’minoti sifatida Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan milliy va (yoki) xorijiy valyutadagi mablag‘lar, shuningdek, emitentga tegishli hamda Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bank foydasiga bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlaridan foydalaniladi.
Bunda emitent bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromad olish huquqini saqlab qoladi. Depo hisobvaraqlarini ochish, davlat qimmatli qog‘ozlarini bloklash va blokdan chiqarish amaldagi depozitar operatsiyalarni yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, alohida hisobvaraqdagi mablag‘lar qoldig‘i hamda bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati muomaladagi barcha tokenlarning umumiy nominal qiymatidan kam bo‘lmasligi belgilandi.
Nizomga ko‘ra, barqaror tokenlar ta’minotini shakllantirishda kredit mablag‘lari, garovga olingan aktivlar yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.