Kripto sohasida yangilik: pul bilan ta’minlangan tokenlar chiqarishga ruxsat berildi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichMoneta s logotipom kriptovalyuti bitkoin
Moneta s logotipom kriptovalyuti bitkoin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda barqaror tokenlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etildi. Bitkoindan farqli o‘laroq, bunday tokenlar faqat milliy yoki xorijiy valyuta bilan to‘liq ta’minlangan holda chiqariladi
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda barqaror tokenlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etildi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Markaziy bank tasdiqlagan nizomga ko‘ra, bunday tokenlar faqat milliy yoki xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari bilan to‘liq ta’minlangan holda chiqariladi.
Bu mablag‘lar Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilishi shart. Soddaroq aytganda, gap bitkoin kabi narxi bozorda keskin o‘zgarib turadigan aktiv emas, balki ortida real pul turgan barqaror tokenlar haqida ketmoqda.
Maxsus rejim doirasida bunday tokenlardan O‘zbekiston hududida to‘lov vositasi sifatida foydalanish, xalqaro hisob-kitoblarda sinovdan o‘tkazish va blokcheyn asosida to‘lov tizimlarini yaratish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, algoritmik, anonim va kripto-aktivlar bilan ta’minlangan barqaror tokenlarga ruxsat berilmaydi.
Kripto-aktivlarni chiqarish tartibi avval ham mavjud edi, ammo ulardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish, qonunchilikdagi alohida holatlardan tashqari, taqiqlangan. Yangi nizom esa aynan barqaror tokenlarni nazorat qilinadigan muhitda sinovdan o‘tkazishga yo‘l ochadi.
Suvenirnaya moneta kriptovalyuti bitkoyn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2026
Kripto-aktivlar sohasida litsenziyalash tartibiga o‘zgartirish kiritildi: nimalar yangilandi
Yangiliklar lentasi
0