Putin Mirziyoyevning RF-O‘zbekiston ittifoqchiligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini baholadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina
Sostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabriklab, konstruktiv muloqot va yaqin hamkorlikda ishlashni davom ettirishdan mamnun bo‘lishini ta’kidladi.

“Davlat rahbari sifatidagi faoliyatingiz O‘zbekistonning muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, jahon maydonida nufuzining yuksalishi bilan ifodalanadi. Rossiya-O‘zbekiston keng qamrovli strategik sherikligi va ittifoqchiligini mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik shaxsiy hissangiz beqiyosdir”, - deyiladi Kreml saytida e’lon qilingan telegrammada.

Rossiya prezidenti “yaxshi, do‘stona munosabatlarni” chin dildan qadrlashini ta’kidladi.
“Va, albatta, ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot va yaqin hamkorlik ishlarini davom ettirishdan mamnun bo‘laman”, - deya ta’kidladi Putin.
Rossiya rahbari Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, ravnaq va do‘st O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lida yangi yutuqlar tiladi.
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldi. Prezident 1957-yil 24-iyul kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida tavallud topgan.
PMEF-2026. Plenarnoe zasedanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan ittifoqchi – Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0