https://oz.sputniknews.uz/20260605/rossiya-ozbekiston-58138572.html
Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan ittifoqchi – Mirziyoyev
Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan ittifoqchi – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbari ikki mamlakat munosabatlari yangi davrga qadam qo‘yganini qayd etdi. 05.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-05T19:28+0500
2026-06-05T19:28+0500
2026-06-05T20:37+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
rossiya
o‘zbekiston
sankt-peterburg
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/05/58141847_145:0:3786:2048_1920x0_80_0_0_3c1e171c221131c7c607f4445c120110.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan ittifoqchidir, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yangi davrga kirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida ma’lum qildi.So‘nggi 10-yilda o‘zaro mahsulot aylanmasi uch barobardan ko‘proq – 4 milliard dollardan 13 milliard dollarga oshdi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 50 milliard dollardan ortadi. Ikki davlat hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil kengaymoqda. Amalga oshirilayotgan hududlararo loyihalar hajmi 5 milliard dollarni tashkil etadi, yana 5 milliard dollarlik investitsiyalar paketi tayyorlanmoqda.3-6 iyun kunlari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.Forumning yalpi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda va nutq so‘zlamoqda.PXIF-2026 da dunyoning 130 ta mamlakatidan 20 mingdan ziyod ishtirok qatnashmoqda. Bu yil forumning mehmon mamlakati Saudiya Arabistoni bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260605/putin-ozbekiston-58136047.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/05/58141847_600:0:3331:2048_1920x0_80_0_0_13bb61eb1c91b11f1d0cfed4b8f61f55.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, rossiya, o‘zbekiston, sankt-peterburg
siyosat, shavkat mirziyoyev, rossiya, o‘zbekiston, sankt-peterburg
Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan ittifoqchi – Mirziyoyev
19:28 05.06.2026 (yangilandi: 20:37 05.06.2026) O‘zbekiston rahbari ikki mamlakat munosabatlari yangi davrga qadam qo‘yganini qayd etdi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan ittifoqchidir, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yangi davrga kirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida
ma’lum qildi. “Rossiya O‘zbekiston uchun mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas. Bu bizning vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherigimiz va ittifoqchimiz. Bugun bizning munosabatlarimiz yangi davrga qadam qo‘ydi. Hamkorlik ko‘p darajali va ko‘p qirrali tus oldi”, - dedi Mirziyoyev.
So‘nggi 10-yilda o‘zaro mahsulot aylanmasi uch barobardan ko‘proq – 4 milliard dollardan 13 milliard dollarga oshdi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 50 milliard dollardan ortadi.
Ikki davlat hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil kengaymoqda. Amalga oshirilayotgan hududlararo loyihalar hajmi 5 milliard dollarni tashkil etadi, yana 5 milliard dollarlik investitsiyalar paketi tayyorlanmoqda.
3-6 iyun kunlari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning yalpi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda va nutq so‘zlamoqda.
PXIF-2026 da dunyoning 130 ta mamlakatidan 20 mingdan ziyod ishtirok qatnashmoqda. Bu yil forumning mehmon mamlakati Saudiya Arabistoni bo‘ldi.