Hozir muloqotni qayta tiklash har qachongidan ham muhim: Mirziyoyev AQSh-Eron mojarosi haqida

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po viavleniyu i otboru talantlivix upravlensev, liderov i rukovoditeley novogo pokoleniya
 Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po viavleniyu i otboru talantlivix upravlensev, liderov i rukovoditeley novogo pokoleniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Eron prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi, muloqot chog‘ida Pezeshkiyon O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan qutladi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik davom etayotganidan jiddiy tashvish bildirdi. Bu haqda davlat rahbari eronlik hamkasbi Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

“O‘zbekiston yetakchisi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik davom etayotganidan jiddiy tashvish bildirib, ayni paytda vazminlikni saqlash va muloqotni qayta tiklash har qachongidan ham muhim ekanligini alohida ta’kidladi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Telefon suhbati davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi.
O‘zbekiston va Eron yetakchilari kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
8 iyulga o‘tar kechasi AQSh Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tijorat kemalariga hujum qilishda ayblab, unga qarshi zarbalarni qayta boshladi. Tehron buni erishilgan kelishuvlarning buzilishi deb baholadi va Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy bazalariga zarba bera boshladi.
Tomonlar mojaroga barham berishni nazarda tutuvchi memorandumni imzolaganidan atigi uch hafta o‘tib mojaro yanada keskin tus oldi.
SShA nanesli udari po 90 selyam v Irane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
AQSh va Eron yana bir-birining obyektlariga zarba berishni boshladi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0