AQSh va Eron yana bir-birining obyektlariga zarba berishni boshladi — tafsilotlar

© Stranitsa D.Trampa v Truth SocialSShA nanesli udari po 90 selyam v Irane
SShA nanesli udari po 90 selyam v Irane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Obuna bo‘lish
AQSh Erondagi qariyb 90 ta harbiy nishonga zarba berdi. Tehron esa Kuvayt va Bahrayndagi Amerika bazalariga javob hujumi uyushtirganini bildirdi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. AQSh Eronga yangi zarbalar berdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakati erkinligiga tahdid qilish qobiliyatini zaiflashtirishga qaratilgan.
Qo‘mondonlikka ko‘ra, zarbalar Eronning havo mudofaa tizimlari, qirg‘oq kuzatuv vositalari, raketa va dronlar omborlari, harbiy-dengiz obyektlari hamda logistika infratuzilmasiga qaratilgan.
Xorijiy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi operatsiyada Eron bo‘ylab qariyb 90 ta nishon urilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu zarbalarni Eron tomonidan go‘yoki Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalarga qilingan hujumlar uchun qasos deb atadi. U agar bunday holat yana takrorlansa, Tehron uchun oqibatlar yanada og‘ir bo‘lishini aytdi.
Eron Inqilob qo‘riqchilari korpusi esa AQSh zarbalariga javob tariqasida Kuvayt va Bahrayndagi Amerika harbiy obyektlariga hujum qilganini bildirdi.
Eron tomoni Kuvaytdagi “Orifjon” va “Ali as-Salem”, Bahrayndagi “Al-Jufayr” va “Shayx Iso” bazalaridagi infratuzilma nishonga olinganini ma’lum qildi.
AP agentligiga ko‘ra, Kuvayt harbiylari uchuvchisiz uchish apparatlari va raketalarni tutib qolish choralari ko‘rilganini bildirgan. Hozircha Ko‘rfaz davlatlarida yetkazilgan zarar haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Eron davlat OAVlari mamlakatning bir qator hududlarida, jumladan, Jask, Chobahor, Bandar-Abbos, Abu Musa oroli va Busher atrofida portlashlar kuzatilganini xabar qilmoqda. Shu bilan birga, Busherdagi AESga bevosita zarba berilgani haqida rasmiy tasdiq yo‘q.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi dunyo neft va gaz tashuvlari uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, shu bois mintaqadagi har qanday keskinlashuv global energiya bozoriga ham ta’sir qilishi mumkin.
Prezident Donald Tramp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2026
Tramp Eron bilan sulh tuganini aytdi — harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0