https://oz.sputniknews.uz/20260723/uzbekistan-yim-59217517.html
O‘zbekistonda jon boshiga YaIM 2026–2029 yillarda qanchaga oshadi?
O‘zbekistonda jon boshiga YaIM 2026–2029 yillarda qanchaga oshadi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM 2026-yilgi 4 629 dollardan 2029-yilda 6 203 dollargacha oshishi kutilmoqda. Iqtisodiy o‘sishni qaysi sohalar ta’minlaydi?
2026-07-23T14:16+0500
2026-07-23T14:16+0500
2026-07-23T14:16+0500
iqtisodiyot va moliya vazirligi
yaim
infografika
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/17/59215257_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_f0e7dcaf586673103ca46e3e82ef8e21.png
O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 2026-yilda 4 629 dollarni, 2027-yilda 5 106 dollarni, 2028-yilda 5 598 dollarni va 2029-yilda 6 203 dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2027–2029 yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyasida ma’lum qilingan.Shu tariqa, uch yil ichida jon boshiga YaIM qariyb 1 574 dollarga yoki 34 foizga oshishi kutilmoqda.O‘sishning asosiy omillari sifatida ichki iste’mol, xizmatlar eksporti va xorijiy investitsiyalar ko‘rsatilgan. Prognozlarning ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqilishi 2025-yilda iqtisodiyot kutilganidan tezroq o‘sgani, oltin narxining yuqoriligi, xorijiy sayyohlar soni va xizmatlar eksportining ko‘payishi hamda so‘m kursining nisbatan barqarorligi bilan izohlangan.Shu bilan birga, jon boshiga YaIM aholining o‘rtacha maoshi yoki har bir fuqaro oladigan daromadni anglatmaydi. U mamlakatda yaratilgan jami mahsulot va xizmatlar qiymatining aholi soniga nisbatini ko‘rsatadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/17/59215257_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_38a869d56ca4a4463e42d6d761e95aa8.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisodiyot va moliya vazirligi, yaim, infografika, o‘zbekiston, infografika
iqtisodiyot va moliya vazirligi, yaim, infografika, o‘zbekiston, infografika
O‘zbekistonda jon boshiga YaIM 2026–2029 yillarda qanchaga oshadi?
2026 yilda aholi jon boshiga YaIM 4 629 dollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 2026-yilda 4 629 dollarni, 2027-yilda 5 106 dollarni, 2028-yilda 5 598 dollarni va 2029-yilda 6 203 dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2027–2029 yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyasida ma’lum qilingan.
Shu tariqa, uch yil ichida jon boshiga YaIM qariyb 1 574 dollarga yoki 34 foizga oshishi kutilmoqda.
O‘sishning asosiy omillari sifatida ichki iste’mol, xizmatlar eksporti va xorijiy investitsiyalar ko‘rsatilgan.
Prognozlarning ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqilishi 2025-yilda iqtisodiyot kutilganidan tezroq o‘sgani, oltin narxining yuqoriligi, xorijiy sayyohlar soni va xizmatlar eksportining ko‘payishi hamda so‘m kursining nisbatan barqarorligi bilan izohlangan.
Shu bilan birga, jon boshiga YaIM aholining o‘rtacha maoshi yoki har bir fuqaro oladigan daromadni anglatmaydi. U mamlakatda yaratilgan jami mahsulot va xizmatlar qiymatining aholi soniga nisbatini ko‘rsatadi.