O‘zbekistonda jon boshiga YaIM 2026–2029 yillarda qanchaga oshadi?

Obuna bo‘lish
2026 yilda aholi jon boshiga YaIM 4 629 dollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 2026-yilda 4 629 dollarni, 2027-yilda 5 106 dollarni, 2028-yilda 5 598 dollarni va 2029-yilda 6 203 dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2027–2029 yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyasida ma’lum qilingan.
Shu tariqa, uch yil ichida jon boshiga YaIM qariyb 1 574 dollarga yoki 34 foizga oshishi kutilmoqda.
O‘sishning asosiy omillari sifatida ichki iste’mol, xizmatlar eksporti va xorijiy investitsiyalar ko‘rsatilgan.
Prognozlarning ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqilishi 2025-yilda iqtisodiyot kutilganidan tezroq o‘sgani, oltin narxining yuqoriligi, xorijiy sayyohlar soni va xizmatlar eksportining ko‘payishi hamda so‘m kursining nisbatan barqarorligi bilan izohlangan.
Shu bilan birga, jon boshiga YaIM aholining o‘rtacha maoshi yoki har bir fuqaro oladigan daromadni anglatmaydi. U mamlakatda yaratilgan jami mahsulot va xizmatlar qiymatining aholi soniga nisbatini ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0