https://oz.sputniknews.uz/20251216/unesco-tavakkal-qodirov-100-yillik-nishonlanish-54210309.html
Tavakkal Qodirovning 100-yilligi xalqaro miqyosda nishonlanadi - YuNESKO qarori
Tavakkal Qodirovning 100-yilligi xalqaro miqyosda nishonlanadi - YuNESKO qarori
Sputnik O‘zbekiston
YuNESKO 2026–2027 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga Tavakkal Qodirov tavalludining 100-yilligini kiritdi. Yubiley xalqaro tadbirlar orqali o‘zbek musiqasini targ‘ib qiladi.
2025-12-16T17:11+0500
2025-12-16T17:11+0500
2025-12-16T17:11+0500
o‘zbekiston
madaniyat
farg‘ona
o‘zbekiston respublikasi xalq artisi
samarqand
yunesko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/10/54210489_0:0:1248:702_1920x0_80_0_0_164f0e650a51171eda2c844fc7f98568.png
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. YuNESKO tomonidan 2026–2027 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga Tavakkal Qodirov tavalludining 100-yilligi kiritildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu taklif Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston qo‘llab-quvvatlovi bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’qullandi.YuNESKO qarori Tavakkal Qodirovning musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, ushbu sohalar orqali YuNESKO maqsad-vazifalarini ilgari surishdagi xizmatlariga berilgan yuksak xalqaro bahodir.Tavakkal Qodirov — o‘zbek qo‘shiqchilik san’atining yirik namoyondasi, betakror iste’dod sohibi edi. U 1926-yil 10-iyunda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda unga "O‘zbekiston xalq artisti" unvoni berilgan. U ko‘p yillar Farg‘ona davlat filarmoniyasiga rahbarlik qilgan.Hofiz ijodi davomida yuzdan ziyod qo‘shiq yaratgan bo‘lib, ular o‘zbek san’atining oltin fondiga kirgan. U eron, hind, arman, ozarbayjon, uyg‘ur va arab tillarida ham qo‘shiqlar ijro etgan.Yubileyni nishonlash turli xalqaro va mahalliy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek uning ijodiy merosi hamda o‘zbek musiqa va xalq madaniyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251210/qoraqalpoq-qobiz-sanat-unesco-royxat-54068991.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/10/54210489_0:0:1110:832_1920x0_80_0_0_c90a0fb77b9c2e914030c0572f76b47a.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tavakkal qodirov, yunesko, xalqaro yubileylar, 100-yillik, o‘zbek musiqasi, qo‘shiqchilik san’ati, o‘zbekiston xalq artisti, farg‘ona, o‘zbek madaniyati, musiqa merosi, xalqaro tadbirlar, samarqand, yunesko bosh konferensiyasi
tavakkal qodirov, yunesko, xalqaro yubileylar, 100-yillik, o‘zbek musiqasi, qo‘shiqchilik san’ati, o‘zbekiston xalq artisti, farg‘ona, o‘zbek madaniyati, musiqa merosi, xalqaro tadbirlar, samarqand, yunesko bosh konferensiyasi
Tavakkal Qodirovning 100-yilligi xalqaro miqyosda nishonlanadi - YuNESKO qarori
YuNESKO 2026–2027 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga Tavakkal Qodirov tavalludining 100-yilligini kiritdi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. YuNESKO tomonidan 2026–2027 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga Tavakkal Qodirov tavalludining 100-yilligi kiritildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu taklif Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston qo‘llab-quvvatlovi bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’qullandi.
YuNESKO qarori Tavakkal Qodirovning musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, ushbu sohalar orqali YuNESKO maqsad-vazifalarini ilgari surishdagi xizmatlariga berilgan yuksak xalqaro bahodir.
Tavakkal Qodirov — o‘zbek qo‘shiqchilik san’atining yirik namoyondasi, betakror iste’dod sohibi edi. U 1926-yil 10-iyunda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda unga "O‘zbekiston xalq artisti" unvoni berilgan. U ko‘p yillar Farg‘ona davlat filarmoniyasiga rahbarlik qilgan.
Hofiz ijodi davomida yuzdan ziyod qo‘shiq yaratgan bo‘lib, ular o‘zbek san’atining oltin fondiga kirgan. U eron, hind, arman, ozarbayjon, uyg‘ur va arab tillarida ham qo‘shiqlar ijro etgan.
Yubileyni nishonlash turli xalqaro va mahalliy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek uning ijodiy merosi hamda o‘zbek musiqa va xalq madaniyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish imkonini beradi.