https://oz.sputniknews.uz/20260521/islom-moliya-osish-uzbekistan-57732359.html
Islom moliyasida eng katta o‘sish O‘zbekistonda kutilmoqda — ekspert
Islom moliyasida eng katta o‘sish O‘zbekistonda kutilmoqda — ekspert
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda islom moliyasi bozori yiliga 40 foizdan yuqori o‘sishi mumkin. Ekspertga ko‘ra, eng katta o‘sish O‘zbekistonda kutilmoqda.
2026-05-21T09:56+0500
2026-05-21T09:56+0500
2026-05-21T09:59+0500
bank
moliyalashtirish
o‘zbekiston
markaziy osiyo
toshkent
forum
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57732007_228:0:2331:1183_1920x0_80_0_0_a6df56dabf87901673f8d2b2d10a0726.jpg
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Markaziy Osiyoda islom moliyasi bozori yiliga 40 foizdan yuqori o‘sishi mumkin. Bu haqda "AD Wealth" asoschisi va boshqaruvchi hamkori Alisher Jumanov PLAS-forumda ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Alisher Jumanovning aytishicha, global islom moliya bozori yiliga o‘rtacha 10 foiz o‘ssa, Markaziy Osiyoda bu ko‘rsatkich 40 foizdan yuqori bo‘lishi mumkin. Eng katta o‘sish aynan O‘zbekistonda kutilmoqda.Jumanovga ko‘ra, asosiy savol — Markaziy Osiyo qachon jahon islom moliya bozoridagi 4 foizlik ulushga yetishi mumkinligida.Ekspertning ta’kidlashicha, islom taraqqiyot banki moliyalashtirgan loyihalar asosan infratuzilma sohasiga yo‘naltirilgan.U misol sifatida Qirg‘izistondagi gidroelektrostansiyalar, Ko‘kshetaudagi yirik ko‘p funksiyali shifoxona, Olmaota halqa yo‘li, shuningdek, saudiyalik hamkorlar bilan Toshkentda amalga oshirilayotgan yirik quyosh energiyasi loyihalarini keltirdi.Jumanovning fikricha, Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining yirik kompaniyalari mintaqada islomiy moliya ekotizimini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yirik korporatsiyalar uzoq muddatli loyihalar orqali xizmat ko‘rsatuvchi banklarni, jumladan, islom banklarini ham o‘zlari bilan olib kelishadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260520/uzbekistan-islom-banking-57726596.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57732007_491:0:2068:1183_1920x0_80_0_0_bbb21e93ee378566b4a4e78a44280f1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bank, moliyalashtirish, o‘zbekiston, markaziy osiyo, toshkent, forum, iqtisod
bank, moliyalashtirish, o‘zbekiston, markaziy osiyo, toshkent, forum, iqtisod
Islom moliyasida eng katta o‘sish O‘zbekistonda kutilmoqda — ekspert
09:56 21.05.2026 (yangilandi: 09:59 21.05.2026) Markaziy Osiyoda islom moliyasi bozori yiliga 40 foizdan yuqori o‘sishi mumkin. Eng katta o‘sish aynan O‘zbekistonda kutilmoqda.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Markaziy Osiyoda islom moliyasi bozori yiliga 40 foizdan yuqori o‘sishi mumkin. Bu haqda "AD Wealth" asoschisi va boshqaruvchi hamkori Alisher Jumanov PLAS-forumda ma’lum qildi, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Alisher Jumanovning aytishicha, global islom moliya bozori yiliga o‘rtacha 10 foiz o‘ssa, Markaziy Osiyoda bu ko‘rsatkich 40 foizdan yuqori bo‘lishi mumkin. Eng katta o‘sish aynan O‘zbekistonda kutilmoqda.
“Markaziy Osiyodagi musulmon aholisi 80 millionni tashkil etadi — bu dunyo musulmon aholisining taxminan 4 foizi. Global islom moliya aktivlari 5 trillion dollar bo‘lsa, uning 4 foizi 200 milliard dollarga teng bo‘ladi”, — dedi u.
Jumanovga ko‘ra, asosiy savol — Markaziy Osiyo qachon jahon islom moliya bozoridagi 4 foizlik ulushga yetishi mumkinligida.
“Biz bu 5-yildan 8-yilgacha bo‘lgan muddatda ro‘y berishi mumkin deb hisoblaymiz. Shu sababli, 40 foizlik yillik o‘sish sur’ati amaliy jihatdan mumkin”, — dedi u.
Ekspertning ta’kidlashicha, islom taraqqiyot banki moliyalashtirgan loyihalar asosan infratuzilma sohasiga yo‘naltirilgan.
U misol sifatida Qirg‘izistondagi gidroelektrostansiyalar, Ko‘kshetaudagi yirik ko‘p funksiyali shifoxona, Olmaota halqa yo‘li, shuningdek, saudiyalik hamkorlar bilan Toshkentda amalga oshirilayotgan yirik quyosh energiyasi loyihalarini keltirdi.
Jumanovning fikricha, Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining yirik kompaniyalari mintaqada islomiy moliya ekotizimini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yirik korporatsiyalar uzoq muddatli loyihalar orqali xizmat ko‘rsatuvchi banklarni, jumladan, islom banklarini ham o‘zlari bilan olib kelishadi.
“Yaqin bir necha yil ichida Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyodan yirik o‘yinchilar O‘zbekiston, Qozog‘iston va ehtimol mintaqaning boshqa mamlakatlari bozorlariga faol kirishni boshlashlarini kutmoqdamiz”, — dedi Jumanov.