Toshkent yozining ta’mi: Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentdagi Eski juva bozori rastalari turli navdagi qovunlar va Jizzaxdan keltirilgan yirik tarvuzlar bilan to‘ldi. Tadbirkor Doston Nosirov sotuvdagi navlar, ularning og‘irligi va bugungi narxlari haqida so‘zlab berdi
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yozning ayni pallasida Eski juva bozorida qovun-tarvuz savdosi yanada jonlanadi. Erta tongdan bozorga yangi hosil olib kelinadi. Sotuvchilar mahsulotlarni mashinalardan tushirib, rastalarga joylaydi va xaridorlarga pishgan mevalarni tanlashda yordam beradi.
Bu yerda "chillaki", "ko‘kcha", "guloba", "handalak" va "obinavot" kabi qovun navlarini uchratish mumkin.
Tadbirkor Doston Nosirov mavsumiy qovun-tarvuz savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning aytishicha, bu yil dehqonlar sifatli va shirin hosil yetishtirgan.
"Dehqonlarimiz yetishtirgan qovun va tarvuzlar sifatli, shirin. Biz ularni aholi uchun hamonbop narxlarda taklif qilishga harakat qilyapmiz. Shukr, bu yil hosil yaxshi", — deydi Doston Nosirov.
Yozgi mavsumda eng ko‘p xarid qilinadigan navlardan biri — "chillaki". Bu qovun yozning eng issiq — chilla davrida pishgani uchun shunday nom olgan.
"Chillaki" qovunlarining og‘irligi o‘rtacha uch kilogrammdan sakkiz kilogrammgacha bo‘ladi. Hozir bir kilogrammini 5 ming so‘mdan sotapmiz. Sakkiz kilogrammli qovun 40 ming so‘m bo‘ladi, lekin xaridor bilan kelishib, 30–35 ming so‘mga ham berapmiz", — deydi tadbirkor.
Sirdaryo viloyatidagi xo‘jaliklardan birida yetishtirilgan "obinavot" qovuni ham bir kilogrammi 5 ming so‘mdan taklif qilinmoqda. "Ko‘kcha" navining narxi esa kilogrammiga qariyb 7 ming so‘m.
Rastalardan Jizzax viloyatidan keltirilgan tarvuzlar ham keng o‘rin olgan. Ularning bir kilogrammi taxminan 3,5 ming so‘mdan sotilmoqda. Bitta tarvuzning o‘rtacha og‘irligi sakkiz-o‘n kilogramm bo‘lib, narxi 30–35 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.
"Bitta tarvuz o‘rtacha 30–35 ming so‘mga tushadi. Ayrim xaridorlar kichikroq tarvuz tanlaydi, boshqalar esa katta va sersuvini qidiradi", — ta’kidlaydi Doston Nosirov.
Bozorda yozgi savdoning o‘ziga xos muhiti hukm suradi: rastalar qovun va tarvuzlarga to‘lgan, sotuvchilar yangi hosilni tushirish va joylashtirish bilan band, xaridorlar esa pishgan va shirin mevalarni tanlamoqda.
Eski juva bozoridagi qovunlar, yirik tarvuzlar va yozgi savdo muhiti — Sputnik O‘zbekiston fotogalereyasida.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sotuvchilar ish jarayonida tarvuzni bir-biriga uzatmoqda

Sotuvchilar ish jarayonida tarvuzni bir-biriga uzatmoqda - Sputnik O‘zbekiston
1/21

Sotuvchilar ish jarayonida tarvuzni bir-biriga uzatmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yuk mashinasida bozorga keltirilgan tarvuzlarning sotuvi

Yuk mashinasida bozorga keltirilgan tarvuzlarning sotuvi - Sputnik O‘zbekiston
2/21

Yuk mashinasida bozorga keltirilgan tarvuzlarning sotuvi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Pishgan tarvuzlar rastasi

Pishgan tarvuzlar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
3/21

Pishgan tarvuzlar rastasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xaridorlarga ko‘rsatish uchun kesilgan "obinavot" qovun navi

Xaridorlarga ko‘rsatish uchun kesilgan "obinavot" qovun navi - Sputnik O‘zbekiston
4/21

Xaridorlarga ko‘rsatish uchun kesilgan "obinavot" qovun navi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Tarvuzlarni tortish va sotuvga tayyorlash jarayoni

Tarvuzlarni tortish va sotuvga tayyorlash jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
5/21

Tarvuzlarni tortish va sotuvga tayyorlash jarayoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xaridor bozordan qovun va tarvuz olib ketmoqda

Xaridor bozordan qovun va tarvuz olib ketmoqda - Sputnik O‘zbekiston
6/21

Xaridor bozordan qovun va tarvuz olib ketmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Pishgan tarvuzlar orasidagi kesilgan tarvuz

Pishgan tarvuzlar orasidagi kesilgan tarvuz - Sputnik O‘zbekiston
7/21

Pishgan tarvuzlar orasidagi kesilgan tarvuz

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xaridorlar savdo rastasida qovun tanlamoqda

Xaridorlar savdo rastasida qovun tanlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
8/21

Xaridorlar savdo rastasida qovun tanlamoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sotuvchilar yangi keltirilgan tarvuzlarni rastalarga joylamoqda

Sotuvchilar yangi keltirilgan tarvuzlarni rastalarga joylamoqda - Sputnik O‘zbekiston
9/21

Sotuvchilar yangi keltirilgan tarvuzlarni rastalarga joylamoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qovun-tarvuz rastasi

Qovun-tarvuz rastasi - Sputnik O‘zbekiston
10/21

Qovun-tarvuz rastasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Ko‘kcha" qovun navi

"Ko‘kcha" qovun navi - Sputnik O‘zbekiston
11/21

"Ko‘kcha" qovun navi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Bozorga kelganlar yangi qovun va tarvuzlar ortilgan aravachalar yonidan o‘tmoqda

Bozorga kelganlar yangi qovun va tarvuzlar ortilgan aravachalar yonidan o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
12/21

Bozorga kelganlar yangi qovun va tarvuzlar ortilgan aravachalar yonidan o‘tmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovTadbirkor Doston Nosirov sotuvdagi qovunlardan birini ko‘rsatmoqda
Tadbirkor Doston Nosirov sotuvdagi qovunlardan birini ko‘rsatmoqda - Sputnik O‘zbekiston
13/21
Tadbirkor Doston Nosirov sotuvdagi qovunlardan birini ko‘rsatmoqda
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Savdo rastasidagi turli navdagi qovun va tarvuzlar

Savdo rastasidagi turli navdagi qovun va tarvuzlar - Sputnik O‘zbekiston
14/21

Savdo rastasidagi turli navdagi qovun va tarvuzlar

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi

Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi - Sputnik O‘zbekiston
15/21

Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qovun-tarvuzlar

Qovun-tarvuzlar - Sputnik O‘zbekiston
16/21

Qovun-tarvuzlar

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi

Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi - Sputnik O‘zbekiston
17/21

Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Chillaki" qovun turi

"Chillaki" qovun turi - Sputnik O‘zbekiston
18/21

"Chillaki" qovun turi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sotuvchi yangi hosildan olingan yirik tarvuzni ko‘rsatmoqda

Sotuvchi yangi hosildan olingan yirik tarvuzni ko‘rsatmoqda - Sputnik O‘zbekiston
19/21

Sotuvchi yangi hosildan olingan yirik tarvuzni ko‘rsatmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Obinavot" qovun navi

"Obinavot" qovun navi - Sputnik O‘zbekiston
20/21

"Obinavot" qovun navi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Eski juva bozorida tarvuz savdosi

Eski juva bozorida tarvuz savdosi - Sputnik O‘zbekiston
21/21

Eski juva bozorida tarvuz savdosi

Yangiliklar lentasi
0