Toshkent yozining ta’mi: Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi
Toshkent yozining ta’mi: Eski juva bozorida qovun-tarvuz mavsumi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Eski juva bozori rastalari turli navdagi qovunlar va Jizzaxdan keltirilgan yirik tarvuzlar bilan to‘ldi. Tadbirkor Doston Nosirov sotuvdagi navlar, ularning og‘irligi va bugungi narxlari haqida so‘zlab berdi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yozning ayni pallasida Eski juva bozorida qovun-tarvuz savdosi yanada jonlanadi. Erta tongdan bozorga yangi hosil olib kelinadi. Sotuvchilar mahsulotlarni mashinalardan tushirib, rastalarga joylaydi va xaridorlarga pishgan mevalarni tanlashda yordam beradi.Bu yerda "chillaki", "ko‘kcha", "guloba", "handalak" va "obinavot" kabi qovun navlarini uchratish mumkin.Tadbirkor Doston Nosirov mavsumiy qovun-tarvuz savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning aytishicha, bu yil dehqonlar sifatli va shirin hosil yetishtirgan.Yozgi mavsumda eng ko‘p xarid qilinadigan navlardan biri — "chillaki". Bu qovun yozning eng issiq — chilla davrida pishgani uchun shunday nom olgan.Sirdaryo viloyatidagi xo‘jaliklardan birida yetishtirilgan "obinavot" qovuni ham bir kilogrammi 5 ming so‘mdan taklif qilinmoqda. "Ko‘kcha" navining narxi esa kilogrammiga qariyb 7 ming so‘m.Rastalardan Jizzax viloyatidan keltirilgan tarvuzlar ham keng o‘rin olgan. Ularning bir kilogrammi taxminan 3,5 ming so‘mdan sotilmoqda. Bitta tarvuzning o‘rtacha og‘irligi sakkiz-o‘n kilogramm bo‘lib, narxi 30–35 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.Bozorda yozgi savdoning o‘ziga xos muhiti hukm suradi: rastalar qovun va tarvuzlarga to‘lgan, sotuvchilar yangi hosilni tushirish va joylashtirish bilan band, xaridorlar esa pishgan va shirin mevalarni tanlamoqda.Eski juva bozoridagi qovunlar, yirik tarvuzlar va yozgi savdo muhiti — Sputnik O‘zbekiston fotogalereyasida.
Toshkentdagi Eski juva bozori rastalari turli navdagi qovunlar va Jizzaxdan keltirilgan yirik tarvuzlar bilan to‘ldi. Tadbirkor Doston Nosirov sotuvdagi navlar, ularning og‘irligi va bugungi narxlari haqida so‘zlab berdi
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yozning ayni pallasida Eski juva bozorida qovun-tarvuz savdosi yanada jonlanadi. Erta tongdan bozorga yangi hosil olib kelinadi. Sotuvchilar mahsulotlarni mashinalardan tushirib, rastalarga joylaydi va xaridorlarga pishgan mevalarni tanlashda yordam beradi.
Bu yerda "chillaki", "ko‘kcha", "guloba", "handalak" va "obinavot" kabi qovun navlarini uchratish mumkin.
Tadbirkor Doston Nosirov mavsumiy qovun-tarvuz savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning aytishicha, bu yil dehqonlar sifatli va shirin hosil yetishtirgan.
"Dehqonlarimiz yetishtirgan qovun va tarvuzlar sifatli, shirin. Biz ularni aholi uchun hamonbop narxlarda taklif qilishga harakat qilyapmiz. Shukr, bu yil hosil yaxshi", — deydi Doston Nosirov.
Yozgi mavsumda eng ko‘p xarid qilinadigan navlardan biri — "chillaki". Bu qovun yozning eng issiq — chilla davrida pishgani uchun shunday nom olgan.
"Chillaki" qovunlarining og‘irligi o‘rtacha uch kilogrammdan sakkiz kilogrammgacha bo‘ladi. Hozir bir kilogrammini 5 ming so‘mdan sotapmiz. Sakkiz kilogrammli qovun 40 ming so‘m bo‘ladi, lekin xaridor bilan kelishib, 30–35 ming so‘mga ham berapmiz", — deydi tadbirkor.
Sirdaryo viloyatidagi xo‘jaliklardan birida yetishtirilgan "obinavot" qovuni ham bir kilogrammi 5 ming so‘mdan taklif qilinmoqda. "Ko‘kcha" navining narxi esa kilogrammiga qariyb 7 ming so‘m.
Rastalardan Jizzax viloyatidan keltirilgan tarvuzlar ham keng o‘rin olgan. Ularning bir kilogrammi taxminan 3,5 ming so‘mdan sotilmoqda. Bitta tarvuzning o‘rtacha og‘irligi sakkiz-o‘n kilogramm bo‘lib, narxi 30–35 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.
"Bitta tarvuz o‘rtacha 30–35 ming so‘mga tushadi. Ayrim xaridorlar kichikroq tarvuz tanlaydi, boshqalar esa katta va sersuvini qidiradi", — ta’kidlaydi Doston Nosirov.
Bozorda yozgi savdoning o‘ziga xos muhiti hukm suradi: rastalar qovun va tarvuzlarga to‘lgan, sotuvchilar yangi hosilni tushirish va joylashtirish bilan band, xaridorlar esa pishgan va shirin mevalarni tanlamoqda.
Eski juva bozoridagi qovunlar, yirik tarvuzlar va yozgi savdo muhiti — Sputnik O‘zbekiston fotogalereyasida.