https://oz.sputniknews.uz/20260722/eaeu-imtiyoz-savdo-59191549.html
Yangi bitimlar YeOIIga 2,5 mlrd iste’molchi bozorida imtiyozli savdo imkonini beradi
Yangi bitimlar YeOIIga 2,5 mlrd iste’molchi bozorida imtiyozli savdo imkonini beradi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII Vyetnam, Serbiya, Eron va boshqa mamlakatlar bilan savdo kelishuvlarini amalga oshirmoqda. Hindiston, Iordaniya va Pokiston bilan muzokaralar esa bozorni 2,5 mlrd iste’molchigacha kengaytirishi mumkin.
2026-07-22T15:34+0500
2026-07-22T15:34+0500
2026-07-22T15:34+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
savdo
bojxona boji
iqtisod
intervyu
transport
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/16/59191126_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_b2832f90541a088c25a19f4b4d3ba38b.jpg
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Hindiston, Iordaniya va Pokiston bilan erkin savdo hududlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Marat Berdiyev TASSga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII yangi erkin savdo kelishuvlarini tuzish bo‘yicha keng ko‘lamli ish olib bormoqda.Berdiyev Vyetnam, Serbiya, Eron, Indoneziya, BAA va Mo‘g‘uliston bilan tuzilgan kelishuvlar kuchga kirgani yoki ularni amalga oshirish jarayonida ekanini bildirdi.YeOII va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv ham amal qiladi. U 2019-yil 25-oktabrda kuchga kirgan.Mazkur hujjat bojxona hamkorligi, texnik to‘siqlar, elektron savdo, intellektual mulk, raqobat va davlat xaridlari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.Marat Berdiyev intervyuda Katta Yevroosiyo sherikligi tashabbusiga ham to‘xtaldi. Uning bahosiga ko‘ra, tashabbus teng huquqli hamkorlik va ochiq muloqot uchun tanilgan maydonga aylanib bormoqda.Hozir ushbu tashabbusni Xitoyning "Bir makon, bir yo‘l" loyihasi bilan uyg‘unlashtirish jarayoni ketmoqda. Berdiyev Shimol–Janub va G‘arb–Sharq yo‘nalishlarida raqobatbardosh transport yo‘laklarini shakllantirishga ham e’tibor qaratdi.YeOIIning yangi tashqi savdo kelishuvlari ittifoq mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari uchun Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260721/eaeu-mongolia-savdo-59171497.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/16/59191126_238:0:2969:2048_1920x0_80_0_0_42b2daaedd5bbe48b6d9d8f60a3f6791.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, savdo, bojxona boji, iqtisod, intervyu, transport, xitoy
yeoii, yeik, savdo, bojxona boji, iqtisod, intervyu, transport, xitoy
Yangi bitimlar YeOIIga 2,5 mlrd iste’molchi bozorida imtiyozli savdo imkonini beradi
YeOII Hindiston, Iordaniya va Pokiston bilan erkin savdo hududlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu tovarlar bozorini 2,5 mlrd iste’molchigacha kengaytirishi mumkin.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Hindiston, Iordaniya va Pokiston bilan erkin savdo hududlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Marat Berdiyev TASSga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII yangi erkin savdo kelishuvlarini tuzish bo‘yicha keng ko‘lamli ish olib bormoqda.
Ushbu davlatlar bilan kelishuvlarga erishilishi ittifoq ishtirokchilari uchun mavjud tovarlar bozorini 2,5 mlrd iste’molchigacha kengaytirish imkonini beradi.
Berdiyev Vyetnam, Serbiya, Eron, Indoneziya, BAA va Mo‘g‘uliston bilan tuzilgan kelishuvlar kuchga kirgani yoki ularni amalga oshirish jarayonida ekanini bildirdi.
YeOII va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv ham amal qiladi. U 2019-yil 25-oktabrda kuchga kirgan.
Mazkur hujjat bojxona hamkorligi, texnik to‘siqlar, elektron savdo, intellektual mulk, raqobat va davlat xaridlari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Marat Berdiyev intervyuda Katta Yevroosiyo sherikligi tashabbusiga ham
to‘xtaldi. Uning bahosiga ko‘ra, tashabbus teng huquqli hamkorlik va ochiq muloqot uchun tanilgan maydonga aylanib bormoqda.
Hozir ushbu tashabbusni Xitoyning "Bir makon, bir yo‘l" loyihasi bilan uyg‘unlashtirish jarayoni ketmoqda.
Berdiyevning fikricha, integratsiya jarayonlarini birlashtirish Yevroosiyoda biznes uchun mavjud to‘siqlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakatlarning texnologik salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Berdiyev Shimol–Janub va G‘arb–Sharq yo‘nalishlarida raqobatbardosh transport yo‘laklarini shakllantirishga ham e’tibor qaratdi.
YeOIIning yangi tashqi savdo kelishuvlari ittifoq mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari uchun Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.