O‘zbekiston delegatsiyasiga Belarusning aqlli shahar va ekologiya texnologiyalari taqdim etildi

© informatsionnoe agentstvo "Belta"Delegatsiya Uzbekistana posetila Park visokix texnologiy v Belarusi
Delegatsiya Uzbekistana posetila Park visokix texnologiy v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Belarusda "aqlli shahar", havo monitoringi va o‘rmon yong‘inlarini aniqlash texnologiyalari bilan tanishdi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Belarusning Yuqori texnologiyalar parkida "aqlli shahar", ekologik monitoring va favqulodda holatlarni erta aniqlashga mo‘ljallangan raqamli yechimlar bilan tanishdi. Bu haqda BelTA axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga Raqamli texnologiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi boshlig‘i Timur Bayekeyev rahbarlik qildi.
Delegatsiyaga zamonaviy yo‘l infratuzilmasi, atmosfera havosi holatini monitoring qilish, o‘rmon yong‘inlarini aniqlash, bino va inshootlarni diagnostika qilish texnologiyalari taqdim etildi.

Shuningdek, tibbiyot, ta’lim va ko‘ngilochar industriya uchun ishlab chiqilgan AT mahsulotlar namoyish qilindi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Belarus texnologiya kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, raqamli iqtisodiyot sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda Belarus ishlanmalarini xorijiy bozorlarda qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: Belarusning Yuqori texnologiyalar parkida 1 067 ta kompaniya faoliyat yuritadi. Park ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda rezidentlarning eksporti 2 mlrd dollarni tashkil etgan. Park Belarus yalpi ichki mahsulotining qariyb 3 foizini ta’minlaydi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
O‘zbekiston AES qurishda Belarus tajribasidan foydalanishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0