Osiyo o‘yinlaridagi O‘zbekiston U23 raqiblari ma’lum bo‘ldi — ular qanchalik kuchli?

© UFA - O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiSbornaya Uzbekistana U-23. Arxivnoe foto
Sbornaya Uzbekistana U-23. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2026
Obuna bo‘lish
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U23 terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida Vyetnam, Filippin va Kuvayt bilan o‘ynaydi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zbekiston U23 terma jamoasining Yaponiyada o‘tadigan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar “S” guruhida Vyetnam, Filippin va Kuvayt terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu guruh tarkibi 2024-yilgi U23 Osiyo kubogini eslatadi. O‘shanda ham O‘zbekiston, Vyetnam va Kuvayt bir guruhdan joy olgan, to‘rtinchi jamoa esa Malayziya bo‘lgan edi.
O‘zbekiston o‘sha musobaqada Vyetnamni 3:0, Kuvaytni esa 5:0 hisobida mag‘lub etgan. Jamoa finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi va o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
Biroq hozirgi guruhda eng jiddiy raqib Vyetnam bo‘lishi kutilmoqda. Jamoa 2025-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo U23 chempionatida g‘olib chiqdi. 2026-yilgi U23 Osiyo kubogida esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Vyetnamlik Nguyen Din Bak musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Filippin yoshlar terma jamoasi ham so‘nggi yillarda natijalarini yaxshiladi. U 2025-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo U23 chempionatida ilk bor yarim finalga chiqdi va Vyetnamga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Kuvayt 2024-yilgi Osiyo kubogida Malayziyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ushbu musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan. Biroq jamoa 2026-yilgi turnir saralashida Yaponiyaga 1:6 hisobida yutqazib, final bosqichidan chetda qoldi.

Jamoalarning hozirgi imkoniyatlarini baholashda 2026-yilgi U23 Osiyo kubogi natijalari ham muhim. O‘zbekiston ushbu musobaqada guruhni birinchi o‘rinda yakunladi, ammo chorak finalda Xitoyga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari 19-sentabrdan 4-oktabrgacha Yaponiyada bo‘lib o‘tadi.
Boshqa guruhlardagi jamoalar:
“A” guruhi: Yaponiya, Tailand, Qirg‘iziston, Gonkong;
“V” guruhi: Xitoy, BAA, Eron, KXDR;
“D” guruhi: Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iroq.
Futbolniy mach vletayet v setku vorot. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
O‘zbekiston U17 Osiyo chempionatida Yaponiyaga yutqazdi, U20 esa "CAFA"da g‘olib bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0