O‘zbekiston U17 Osiyo chempionatida Yaponiyaga yutqazdi, U20 esa "CAFA"da g‘olib bo‘ldi

© rawpixel.com / wannisa sahunaluFutbolniy mach vletayet v setku vorot.
Futbolniy mach vletayet v setku vorot. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning U17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiyaga penaltilarda imkoniyatni boy berdi, U20 jamoasi esa CAFA turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonning ikki yoshlar terma jamoasi xalqaro musobaqalarda turlicha natija qayd etdi. U17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiyaga penaltilar seriyasida 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Asosiy vaqtda o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangandi. Yaponiya finalda Xitoyga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston U17 jamoasi musobaqada Hindistonni 3:0, Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan, chorak finalda esa Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida ortda qoldirgan edi.
Shu bilan birga, Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi Tojikistonda o‘tgan "CAFA U20 Championship" turnirida chempion bo‘ldi.
Jamoa 4 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba qozonib, 12 ochko jamg‘ardi va birorta ham gol o‘tkazmadi. So‘nggi turda Turkmaniston 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Har ikki golni Quvonchbek Abrayev kiritdi.
Shuningdek, U20 terma jamoasi turnir davomida Qirg‘izistonni 2:0, Afg‘onistonni 2:0 va Tojikistonni 3:0 hisobida yengdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston U20 terma jamoasi “Fair Play” sovrinini ham qo‘lga kiritdi. Nematulloh Rustamjonov eng yaxshi darvozabon, Azizbek To‘lqinbekov eng yaxshi futbolchi, Quvonchbek Abrayev esa turnir to‘purari deb topildi.
Sbornaya Uzbekistana U17 obigrala Yujnuyu Koreyu v serii penalti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
O‘zbekiston o‘smirlari U17 Osiyo kubogida Koreyani yengdi — navbatda Yaponiya
Yangiliklar lentasi
0