O‘zbekiston Rossiya cheklov kiritayotgan besh eksportchi faoliyatini o‘rganadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota Smolenskogo tamojennogo posta FTS Rossii
Rabota Smolenskogo tamojennogo posta FTS Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Obuna bo‘lish
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi Rossiya vaqtinchalik cheklov kiritayotgan besh eksportchi faoliyati o‘rganilishini bildirdi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning besh eksportchi korxonasi mahsulotlarini Rossiyaga olib kirishga vaqtinchalik cheklov joriy etilishi yuzasidan Rosselxoznadzor bilan muloqot o‘tkazildi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya 23-iyuldan mazkur korxonalar tomonidan yetkazib beriladigan karantin nazoratidagi mahsulotlarni olib kirishni vaqtincha cheklamoqda.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya tomoni cheklov sabablari korxonalar nomlari va aniqlangan fitosanitar kamchiliklar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan rasmiy xat yuboradi.
Ushbu ma’lumot asosida mahalliy eksportchi korxonalar faoliyati har tomonlama o‘rganiladi va milliy qonunchilik hamda xalqaro fitosanitar talablar doirasida tegishli choralar ko‘riladi.
Cheklov qo‘llanilayotgan korxonalar Rossiyaga asosan oq boshli va gulkaram, piyoz, shivit, petrushka, uzum, lavlagi, pomidor va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilgan.
2026 yil boshidan buyon O‘zbekistondan jo‘natilgan mahsulotlarda Rossiya uchun karantin ahamiyatiga ega organizmlar aniqlangan 132 ta holat qayd etilgan.
Qo‘mita cheklovlar faqat fitosanitar talablarni buzgan ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qo‘llanilayotganini ta’kidladi. Ular talablarga rioya qilgan holda eksportni amalga oshirayotgan boshqa o‘zbekistonlik korxonalarga taalluqli emas.
Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ishchi uchrashuv o‘tkazilib, batafsil ma’lumot taqdim etilishi bildirildi.
Zarajennaya plodoovoshnaya produksiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
Besh o‘zbekistonlik eksportchining Rossiyaga meva-sabzavot olib kirishi cheklanmoqda
Yangiliklar lentasi
0