Besh o‘zbekistonlik eksportchining Rossiyaga meva-sabzavot olib kirishi cheklanmoqda

© Rosselxoznadzor po Novosibirskoy oblasti RFZarajennaya plodoovoshnaya produksiya
Zarajennaya plodoovoshnaya produksiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
Obuna bo‘lish
23 iyuldan Rossiya fitosanitariya talablarini ko‘p buzgan besh o‘zbekistonlik eksportchi mahsulotlarini olib kirishni vaqtincha cheklaydi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiya 23-iyuldan fitosanitariya talablarini eng ko‘p buzgan besh o‘zbekistonlik eksportchining karantin nazoratidagi mahsulotlarni mamlakatga olib kirishini vaqtincha cheklaydi. Bu haqda Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu kompaniyalar Rossiyaga asosan oq boshli va gulkaram, boshpiyoz, ukrop (shivit), petrushka, uzum, lavlagi, pomidor hamda boshqa o‘simlik mahsulotlarini yetkazib bergan.
Rosselxoznadzor cheklovni O‘zbekistondan kelayotgan mahsulotlarda zararli karantin organizmlari aniqlanishi ko‘paygani bilan izohladi.
Rosselxoznadzor ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil boshidan buyon O‘zbekistondan yetkazilgan mahsulotlarda karantin obyektlari aniqlangan 132 ta holat qayd etilgan.
Ular orasida pomidor mevasining jigarrang burishish virusi, Janubiy Amerika pomidor kuyasi, g‘arbiy gul tripsi va lavlagi ildizining nekrotik sarg‘ayish virusi bor.
Cheklov O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladigan barcha meva-sabzavotlarga emas, faqat qoidabuzarliklari eng ko‘p qayd etilgan beshta eksportchi mahsulotlariga nisbatan joriy etiladi.
Zavershilsya perviy etapa uzbeksko-rossiyskogo SP BMB-NRC Agrologistics - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
O‘zbekiston eksporti 13,3 mlrd dollarga yetdi — eng ko‘p mahsulot Rossiyaga yetkazib berildi
Yangiliklar lentasi
0