Toshkentdan Chorvoqqa 35 daqiqada: yangi pulli yo‘l qurilishi mumkin

© unsplash.com/Artem BryzgalovPanoramniy vid na ozero Charvak.
Panoramniy vid na ozero Charvak. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Obuna bo‘lish
Loyiha doirasida uzunligi 52 kilometr bo‘lgan zamonaviy avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Toshkent viloyati hokimligida viloyat hokimining o‘rinbosari Shukurillla Mahmudov hamda Qatarning "Protocol Capital Group" va Janubiy Koreyaning "Korea Expressway Corporation" kompaniyalari vakillari ishtirokida Toshkent–Chorvoq pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda loyihaning texnik va investitsiyaviy jihatlari, zamonaviy yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududning transport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida uzunligi 52 kilometr bo‘lgan zamonaviy avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Yo‘lni 3-yil davomida barpo etish ko‘zda tutilmoqda.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l foydalanishga topshirilgandan so‘ng Toshkentdan Chorvoq suv omborigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish vaqti hozirgi 1 soat 20 daqiqadan 35 daqiqagacha qisqarishi mumkin.
Hokimlikka ko‘ra, yangi yo‘l aholi uchun harakatlanish qulayligini oshirish, transport oqimini kamaytirish va tirbandliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Iz Tashkenta vnov zapustat pramie avtobusnie reysi na Charvak. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2026
Toshkent-Chorvoq mavsumiy avtobus harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi: jadval va chipta narxi
Yangiliklar lentasi
0