Yerali Tug‘janov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

© Fond Ustoychivogo razvitiya obrazovaniyaTugjanov Yerali naznachen poslom Kazaxstan v Uzbekistane
Tugjanov Yerali naznachen poslom Kazaxstan v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Obuna bo‘lish
U Beybut Atamqulov o‘rnini egalladi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Yerali Tug‘janovni mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
U bu lavozimda 2022-yil oktabridan beri Qozog‘istonning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilib kelgan Beybut Atamqulovni almashtirdi. Atamqulov prezident farmoni bilan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Toqayev farmonlari bilan Alibek Bakayev Qozog‘istonning Buyuk Britaniyadagi, Amangeldi Sainov esa Ruminiyadagi elchisi etib tayinlandi.
Yerali Tug‘janov 1963-yilda G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida tug‘ilgan. U Qarag‘anda davlat universitetida huquqshunoslik, Qozog‘iston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutida tahsil olgan. Yuridik fanlar nomzodi va siyosiy fanlar doktori.
Tug‘janov turli yillarda Qarag‘anda viloyati hokimi o‘rinbosari, Qozog‘iston Adliya vazirligi Din ishlari qo‘mitasi raisi, Qozog‘iston xalqi assambleyasi raisi o‘rinbosari, Mang‘istau viloyati hokimi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.
2020–2022 yillarda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, 2022–2023 yillarda Aqto‘be viloyati hokimi bo‘lgan. 2024-yil mayidan bosh vazir maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sostoyalas vstrecha direktora Agentstva Uzatom i posla Respubliki Kazaxstan v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2026
AES va xavfsizlik: Qozog‘iston elchisi bilan atom hamkorligi muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0