Qirg‘iziston neft mahsulotlarini qayta ishlash uchun O‘zbekistonga yuboradi

© Ferganskiy NPZFerganskiy neftepererabativayushiy zavod.
Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar yetkazib berish pozitsiyalari va mexanizmlarini belgilab olgan.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston neft mahsulotlarini qayta ishlash uchun O‘zbekistonga yuboradi. Qayta ishlangan mahsulot keyin Qirg‘izistonga olib kiriladi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Altinbek Risbekov ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha ikki mamlakat hukumat rahbarlari va energetika vazirlari darajasida muzokaralar o‘tkazilgan. Yetkazib beriladigan mahsulotlar va ularni tashish mexanizmi allaqachon belgilab olingan.
"Biz neft mahsulotlarini O‘zbekistonga yetkazib berish, u yerda qayta ishlash va Qirg‘izistonga qaytarib olib kelishni rejalashtirganmiz", — dedi Risbekov.
Qaysi turdagi neft mahsulotlari va qancha hajmda yuborilishi, ular O‘zbekistondagi qaysi korxonada qayta ishlanishi hamda yetkazib berish muddatlari hozircha ochiqlanmagan.
Qirg‘iziston ayni paytda yoqilg‘i manbalarini diversifikatsiya qilmoqda. Belarusdan bir necha vagon yoqilg‘i yetkazib berildi va yana bir qismi yo‘lda. Xitoydan ham dastlabki partiyalar jo‘natildi.
Shuningdek, Qozog‘iston Qirg‘izistonga oyiga 15–20 ming tonna mazut yetkazib berishga rozilik berdi. Mazutni Qirg‘iziston korxonalarida chuqur qayta ishlab, AI-92 benzini hamda K4 va K5 toifasidagi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Qirg‘izistonning yoqilg‘iga yillik ehtiyoji qariyb 2 mln tonnani tashkil etadi. Mamlakat talabining asosiy qismi Rossiyadan import hisobiga qoplanadi. Rossiyadagi cheklovlar va mintaqada yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq qiyinchiliklar Bishkekni muqobil manbalar izlashga undamoqda.
Zapravka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII yoqilg‘i importi uchun "nol" boj stavkasini yana bir yilga uzaytirdi
Yangiliklar lentasi
0