Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII yoqilg‘i importi uchun "nol" boj stavkasini yana bir yilga uzaytirdi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka, arxivnoe foto
Zapravka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Obuna bo‘lish
"Nol" stavka aviatsiya va kema yoqilg‘isiga ham tatbiq etiladi. Imtiyoz 2027-yil 30-iyunga qadar amal qiladi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi ayrim turdagi yoqilg‘i va organik kimoviy birikmalar uchun import bojxona bojlarini nol darajada belgiladi. Bu haqda YeOII huquqiy portalida e’lon qilingan 69-son qarorda aytilgan.
"Nol" stavka 2026-yil 1-iyuldan 2027-yil 30-iyunga qadar quyidagi mahsulotlarga tatbiq etiladi:
— motor benzini;
— reaktiv dvigatellar uchun yoqilg‘i;
— dizel yoqilg‘isi;
— kema yoqilg‘isi;
— boshqa gazoyllar.
Qaror 11-iyuldan kuchga kirgan bo‘lsa-da, uning qoidalari 2026-yil 1-iyuldan boshlab yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanadi.
Boshqa oddiy efirlar va ularning hosilalari, shuningdek, N-metilanilin uchun nol boj stavkasi qaror kuchga kirgan sanadan 2027-yil 30-iyungacha amal qiladi.
Yoqilg‘ining ayrim turlari uchun avval belgilangan nol boj stavkalari 2026-yil 30-iyunda tugagan edi. Yangi qaror bilan ushbu imtiyoz yana bir yilga saqlab qolindi.
Mazkur tartib YeOIIga a’zo Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaga uchinchi davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarga taalluqli.
Ximicheskie udobreniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda ayrim mineral o‘g‘it xomasholari uchun import boji vaqtincha bekor qilindi
Yangiliklar lentasi
0